Kalvert-Lyuin "Tottenxem"ga qarshi o'yinda jarohat oldi
11 fev 2021 18:00
Yangiliklar


Kalvert-Lyuin "Tottenxem"ga qarshi o'yinda jarohat oldi
"Everton" forvardi Dominik Kalvert-Lyuin Angliya Kubogi 1/8 final doirasidagi "Tottenxem"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.
Bu haqda jamoa bosh murabbiyining assistenti Dankan Fergyuson aytdi.
"Dominik son suyagidan jarohat oldi. U tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak. Ushbu jarohat jamoaga salbiy tasir qilishi mumkin", - deydi mutaxassis.
23 yoshli hujumchi ikkinchi taym boshida almashtirildi. Bungacha Dominik bitta gol va bitta assist qayd etishga ulgurdi.
Futbolchi joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
07:51
Osiyo kubogi U-20. Bugun yoshlarimiz Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishi mumkin
29

Fikrlar