So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

"Kalchopoli"dan mashhurlik sari: "Yuventus" yana biznes-imperiyaga aylandi! Yangiliklar

"Kalchopoli"dan mashhurlik sari: "Yuventus" yana biznes-imperiyaga aylandi!

“Yuventus” 1923 yil Edoardo Anelli nazorati ostida edi.

Bu vaqtga qadar Italiyada mutlaqo boshqa kuchlar hukmronlik qilgan va milliy chempionatda g'alaba qozonganlariga ancha bo'lgandi — 1905 yil. O'shanda "Yuventus" Anelli uchun omadli va sovrinlarga boy bo'lishini hech kim hayoliga ham keltirmagan bo'lsa kerak.

"FIAT" ajratgan mablag'lar tufayli Edoardo Anelli "Yuventus" bilan abadiy bog'liq bir sulola yaratish imkoniyatiga ega bo'ldi. Klub ham g'alaba va shon-sharaf tomon qadam qo'yishga tayyor edi. Jamoa uchun yangi stadion barpo etildi, Edoardo Anelli "Yuventus"ni tanib bo'lmas darajada o'zgartirib yubordi. 1930-1935 yillar mobaynida jamoa 5 marta chempionlik titulini qo'lga kiritdi, o'yinchilar esa Italiya termasining ajralmas bo'lagiga aylandi.

Ammo Edoardo Anellining fojiali o'limi uning barcha mehnatini barbod qildi, biroq Ikkinchi jahon urushidan so'ng klub muxlislari Janni (yangi Anelli)ning kelishidan boshlari osmonga etdi. U Edoardoning o'g'li edi va 1947 yilda klub prezidenti lavozimini egallagandi. Janni Anelli ham xuddi otasi singari Italiya futbolida yangiliklar yaratishga muvaffaq bo'ldi. SHu bilan bir vaqtning o'zida oilaviy biznesi ustida ham ish olib bordi. Urushdan keyingi davrda mamlakatni qo'llab-quvvatlash va Italiya futbolining imidji uchun yangi standartlarni o'rnatish uchun Janni Anelli jamoatchilik tomonidan juda iliq kutib olindi. Ehtimol, tarixda bironta ham "yuventino" bunday sharafga ega bo'lmagandir. Uning hukmronligi barqaror ekanligi bilan ajralib turardi.

Janni Anelli saraton tufayli 2003 yilda vafot etadi, oradan qancha vaqt o'tib klub nazorati navbatdagi sulola vakili qo'liga o'tadi. U Jannining butkul teskarisi edi — Umberto Anelli. Biroq taqdir taqozosi bilan u prezidentlik kursisida bir yarim yil o'tirdi, xolos. Sababi 2004 yil mayda u ham saraton kasalligiga chalindi. Anelli oilasi vakillarining o'tgan asrdagi yutuqlari takrorlanmas jozibaga ega, biroq 2000 yillar boshlarida klubga Umbertoning o'g'li Andrea Anelli boshchilik qila boshladi. Aynan u "Yuventus"ni yanada yuqori cho'qqiga olib chiqishga muvaffaq bo'ldi.

2006 yil 4 iyul. Sud hukmi ko'plab klublarga salbiy tasir qildi. SHu jumladan, "Yuventus", "Milan", "Lacio", "Fiorentina" va "Rejina"ga ham. Jahon futbolida kelishilgan o'yinlar haqida muntazam xabarlar paydo bo'ladi, lekin “Kalchopoli” nomi bilan "mashhur" bo'lgan ish alohida o'ringa ega. U Italiya futbolini butkul tamom qildi va jahon futboli jamoatchiligini larzaga soldi.

"Milan" 2005/2006 yilgi mavsumda 30 ochko yo'qotgan va yopiq eshiklar tizimi asosida bitta o'yin o'tkazishi lozim edi. "Fiorentina" CHempionlar Ligasidagi o'rnidan quruq qoldi, "Lacio" 2006/2007 yilgi UEFA Kubogidan chetlashtirildi. "Rejina"ga esa 100 000 evro miqdorida jarima solindi va klub prezidenti ikki yarim yil mobaynida futbol sohasida faoliyat yuritishiga ruxsat berilmadi. Biroq hammadan ko'proq "Yuventus" jabr ko'rdi.

"Keksa sinora" 2ta chempionlik titulidan mahrum bo'ldi va Milanning "Inter" jamoasiga berib yuborildi. Bu esa haligacha ikki klub muxlislari orasida kelishmovchilikga sabab bo'ladi. Eng yomoni klub ilk bora ikkinchi darajadagi ligaga tushib ketdi. Birin-ketish muhim futbolchilar jamoani tark eta boshladi: Lilian Tyuram va Janluka Dzambrotta "Barselona" tomon yo'l oldi, Kannavaro va Fabio Kapello Madridning "Real" klubiga o'tdi, Patrik Vieyra va Zlatan Ibragimovich esa jamoaning azaliy raqibi — "Inter" safini to'ldirishdi. Ammo qanday qiyinchilik bo'lishiga qaramay, klubga sodiq qolgan o'yinchilar ham talaygina edi — Del Pero, Nedved, Buffon, Kamoranezi va Trezege.

O'yinchilarning narxlari tushib ketdi, "byankonerilar" esa transfer bozoridagi unga bo'lgan bor etiborni yo'qotib qo'ydi. Klub yillar davomida orttirgan obro'si bir pul bo'ldi. Akciya narxlari ham ikki barobarga pasaydi: klub arzimagan 145 million evroga baholandi. Jahon chempionlari ikkinchi divizionda o'ynay boshladilar, ammo bu holat uzoqqa cho'zilmadi.

"Yuventus"ning Italiya futboli elitasiga qaytdi, lekin bu muammolar o'z yakuniga etdi degani emasdi. Jamoa o'sha yili turnirni 3-pog'onani egallagan holda tamomladi, biroq ketma-ket muvaffaqiyatsizliklardan so'ng, Klaudio Raneri o'z o'rnini yo'qotdi. 2009/2010 va 2010/2011 yilgi mavsumda klub 7-o'rinni egalladi, Evropa Ligasida esa "Fulxem"ga 4:1 hisobda g'alabani boy berib, turnirdagi chiqishlariga yakun yasadi. Biroq keyinroq Italiya futbolida hukmronlikni yana o'z qo'liga oldi.

2010 yilning may oyida klub yangi prezidenti Andrea Anelli bo'ldi. U quyidagi gaplar bilan faoliyatini boshladi: "Bugun egallagan lavozimim — oilam birdamligi va klub oldidagi majburiyatlarim isbotidir. Zimmamda juda masuliyatli ish bor. SHuning uchun hozirdan kelasi mavsum uchun dastur hamda strategiyalarni tuzib chiqishimiz darkor".

Sud mojarosidan keyingi vaziyatga nazar tashlasangiz, Anellining so'zlari "shunchaki quruq gap" emasligini tushunib olasiz. "Yuventus" qaytadan oyoqqa turishiga deyarli 9 yil kerak bo'ldi. Biroz vaqtdan so'ng eski stadion o'rnini yangisiga bo'shatib berdi, jamoa bosh murabbiyi lavozimiga esa Antonio Konte o'tirdi. Nihoyat besh yillik tanaffusdan keyin Skudetto yana Turinga qaytdi. Stadionlar mavzusi Italiyada doimo muhim sanalgan. Ularning asosiy qismi shahar hokimiyatiga tegishli ekanini hisobga olsak, "Yuventus" bu borada yangilik yaratishga erishdi. Qolganlar rejada, gapda aytgan fikrlarni, "byankonerilar" hayotga tadbiq qila oldi. O'shandan buyon "Yuventus Stedium" (yoki "Alyanc") tribunalari hech qachon bo'sh qolib ketmadi. Muxlislar barchasidan zavqlanishmoqda, lekin baribir qalblarining tub-tubida CHempionlar Ligasi bosh sovrinini orzu qilishadi.

"Yuventus" yangi tarixida 2015 yil klublar o'rtasida Evropaning bosh musobaqasi finaliga chiqdi. "Barselona"ga mag'lub bo'lgani juda ayanchli bo'lgan edi, ammo bu rahbariyatning kelgusidagi muvaffaqiyatlariga yo'l ochib berdi, to'g'ri qaror qabul qilishlarida yordam berdi. Kelasi yili klub 1,3 milliard evroga baholandi. Gonsalo Iguain "Napoli"dan Turin klubiga 90 million evroga o'tishi esa "byankonerilar"ning obro'sini qayta tikladi. Anelli oilasining mashaqqatli mehnati yaqqol namoyon bo'lib turgandi.

2017 yil "Yuventus"ni CHempionlar Ligasining yana bir finali kutib turgandi, ammo bu safar jamoa "Real"ga mag'lub bo'ldi. Bu holat klubning sodiq ishqibozlari uchun baxtsizlik bo'ldi, ammo boshqalar uchun omadli saboq bo'ldi: "Yuventus" uch mavsum davomida 2ta finalda o'ynadi. Jamoaning ichki maydondagi ustunligi yildan yilga o'sib bordi, har yili rekord natijani yangilab boraverdilar. Kimdir "byankoneri" kuchayishiga asosiy sabab — raqiblarni ancha kuchsiz deya baholagan. Biroq bir o'ylab ko'ring, bu muammo aslida "Yuventus"ga tegishli emasmidi?! Milan klublari ko'p sonli korporativ muammolarga o'ralashib qolgan bir paytlarida, "Yuventus" yangi imperiya qurishga muvaffaq bo'ldi.

"Yuventus" biroz kechroq bo'lsa-da, Italiyaga futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchilardan birini olib kelishga muvaffaq bo'ldi. Krishtianu Ronaldu Turin klubiga o'tgani haqiqiy shov-shuvga sabab bo'ldi. Muxlislar portugaliyalikning navbatdagi golidan so'ng shodon qo'llarini ko'kka ko'tarib, quvonyotgan bir pallada, asosiy ishni KriRo maydon tashqarisida bajarayotgandi. Mashhur "Financial Times" nashri futbolchining o'tishi haqida shunday yozadi: "Ronaldu effekti" "Yuve"ga moliyaviy jihatdan butkul erkinlikni taqdim etishi zarur edi. Anelli oilasi portugaliyalik futbolchini aynan shunday tasavvur qilardi. Bu safar ham "Keksa sinora" rahbariyati tahminlari to'g'ri chiqdi.

Ronaldu "Yuventus" safiga qo'shilganidan keyin klub akciyasi narxlari 0,69 evrodan 1,57 evroga oshdi. 127 %ga o'sish klubning bozor kapitalini 1,5 milliard evroga oshirdi. Agar portugaliyalik Italiyaga kelgunga qadar klubga 1000 dollar sarmoya kiritganingizda, bu summa hozirda 2275 dollarni tashkil qilayotgan bo'lardi. Ha, aytgancha, "Yuventus"ning mavsumiy abonementlar narxi portugalik tashrifidan keyin 30%ga ko'tarildi. SHunday bo'lsa-da, barini yashin tezligida sotib yuborishga muvaffaq bo'lishdi.

Bu hali boshlanishi. "Ronaldu effekti" "Yuventus"ga ko'p foyda keltirishi mumkin: klub translyaciyalardan keladigan daromadlarni ko'paytirish, homiylik mablag'larini jalb qilish va yangi auditoriyani jalb qilish. 2017/2018 yilgi mavsum A Seriyada bir qator yulduzlar yig'a olgandi: Paulo Dibala, Lorenco Insine yoki Edin Jeko. Biroq 3tasini birlashtirsangiz ham, ular Ronaldu tuhfa etgan mashhurlikni berolmaydi.

"Nihoyat dunyo yana Italiya futbolini tomosha qilib, u haqida gapira boshladi. 80-90-yillarda biz etakchi klublardan biri edik. Biroq omad bizdan yuz o'girib ishlarimiz ortga ketdi va to'g'ri sarmoya qilolmadik. Ronaldu bilan yana eng yuqori cho'qqiga chiqishimiz mumkin. Krishtianuning tashrifidan to'g'ri foydalanib, Italiya futbolini yanada mashhur qilishimiz kerak", — deydi Fabio Kapello.

Bu so'zlar Italiya futboliga bo'lgan muhabbatimizni oshirib, hamon CHempionlar Ligasi bosh sovrinini qo'lga kirishni orzu qilayotgan "yuventini" o'yinlarini ko'rishga chorlaydi. Ronalduning kelishi g'alabalarni kafolatlamagan. O'zingiz ham o'tgan mavsum uning Apennin yarim orolidagi o'yinlarini, nimaga qodirligini guvohi bo'ldingiz. Ammo u bilan "Yuve"ning imkoniyatlari yanada ortadi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика