So’nggi yangiliklar

00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  1 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  7 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  23 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  6 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  16 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  266 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  6 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  1 19:50Расман: "Барселона" ҳимоячиси "Эльче"га ўтди  0 19:19"Байер" "Ал Қодисия" ярим ҳимоячисини 25 млн еврога сотиб олди  0 18:48CAFA Nations Cup. Кейруш бошчилигидаги Ўмон охирги дақиқаларда гол уриб, Қирғизистонни ютиб кетди  39 18:33Ўзбекистон - Туркманистон. Асосий таркибимиз маълум  28 18:33"Қайрат" – "Реал" учрашувига 4-5 минг сайёҳ келиши кутилмоқда  3 18:05"Қайрат"нинг Чемпионлар Лигасидаги ўйинлари Остонада ўтказилиши режалаштирилмаган  1

Kalavaning uchi ko'rinay deb qoldi. Men popkornlar bilan tayyor turibman Yangiliklar

Kalavaning uchi ko'rinay deb qoldi. Men popkornlar bilan tayyor turibman

Teglar :  Vadim AbramovO'FF
O'FF o'ziga kelmoqda. Aniqrog'i, jurnalistlarning harakati bilan. Qanday qilib deysizmi? Tushuntiraman.

O'FF futbol olamidan ikki kishini chetlashtirdi. Hakam Rustam Bobomurodovni umrbod, murabbiy Vadim Abramovni nomuayyan muddatga. Har ikki masalani ham jurnalistlar hali u joyidan, hali bu joyidan ochishga harakat qildi. Aslida, kalit ularning qo'lida emas. Ular so'rab-so'rab Makkani topishgan deb, hali u tomonga, hali bu tomonga mikrofon tutish bilan band bo'ladi. Oxiri kimdir haqiqatni ro'y-rost aytmagunicha davom etadigan jarayon bu.

Hamkasblarim SHahboz va Narzulla kecha O'FFga borib samimiy suhbat qurgan bo'lishsa-da, quruq qo'l bilan qaytishmadi. Samimiy yozilgan maqolada juda bir yaxshi hikmatlar yotibdi. O'qimaganlar bo'lsa, shu link orqali bir kirib chiqishar keyin.

O'FF vice-prezidenti Abramov faoliyati yaxshi o'rganilgani va unda bir qator masalalar borligini etirof etgan. Mana shu joyida stop tugmasini bosishning o'zi etarli. SHaffoflik degani, Abramov o'sha faoliyati davomida nimalar qilgani aniq aytilishi kerak. Kalavaning uchi aslida shu bo'lishi katta ehtimol.

CHunki Abramov faqatgina Oliy Liga klublarini boshqarmagan. U ikki yil davomida milliy terma jamoaga va qanchadir vaqt O'zbekiston olimpiya termalariga murabbiylik qilgan. Balki xato shu erda ketgandir? Yoki “Traktor”da vaqtidami? Har xolda bizga malum emas. Umid qilamanki, bilib olamiz hammasini.

Demak, O'FF to'g'ri yo'ldan ketmoqda. Rustam Bobomurodovda ham xatolar limiti to'lib ketgan, yani, tashkilot barchasini bilib, qolganlarga o'rnak bo'lsin uchun jazolagan, qoyil. Endi faqatgina jazolar qaysi xatolarning kasri ekanini bilishimiz kerak.

Navbat Vadim Abramovga. Umid qilamanki, u ishni oxirigacha olib boradi va o'zini oqlashga urinadi.


Muallif :
Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика