So’nggi yangiliklar

21:45Ўйнайдими ё ўйнамайдими? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  0 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  0 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  0 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  4 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  91 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  2 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  4 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2

Kaio Junior: "Aziz Haydarov fantastik futbolchi" Yangiliklar

Kaio Junior: "Aziz Haydarov fantastik futbolchi"

OCHL pley-off bosqichi doirasidagi "Bunyodkor" - "Al SHabab" uchrashuvidan keyin ikkala jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

"Bunyodkor"ni guruh bosqichiga chiqqani bilan tabriklayman. Tezkor gol bizga tasir qildi. Ammo biz bugun yomon o'ynadik deya olmayman. Ayniqsa ikkinchi bo'limda. Hisobni 2:1 qilish uchun juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadik. Agar o'sha golni urganimizda o'yin boshqacha kechardi. Biz ikkinchi bo'limda futbolchilarni almashtirib natijani o'zgartirishga urindik", - deydi Kaio Junior.


- Balki bugun jamoaingiz jismoniy holatda yutqazgandir?

- Yo'q. Jismoniy tomonlama o'yinga tayyor edik. Jismoniy holat bo'yicha hech qanday etiroz yo'q. Ikkinchi bo'limda to'pni ko'proq nazorat qildik.


- Junino yaxshi o'ynayotgandi. Uni nima uchun almashtirdingiz?

- Junino Joning o'rniga olib kelingandi. Joni sotish mening fikrim emasdi. Klub moliyaviy qiyinchilikka duch kelgani uchun uni sotdik. 19ta o'yinda 16ta gol urgan Hozir Joning o'rnini bosa oladigan futbolchi yo'q.


- "Bunyodkor" OCHLda qaysi bosqichga qadar etib boradi deb o'ylaysiz?

- Tarkibda ko'p yoshlar bor. Ular musobaqada uzoqqa boradi deb o'ylayman.


- Raqib safda eng yaxshi futbolchilar kim?

- Yarim himoyachilarning barchasi yaxshi o'ynadi. Bundan tashqari chap qanot himoyachisi va Hamdamov yaxshi harakat qildi.


- Haydarov va Luvannor haqida qanday fikrdasiz?

- Luvannor jamoamizning asosiy o'yinchilaridan biri hisoblanadi. Aziz Haydarovga bugun hech qanday etirozim yo'q. Haydarov fantastik futbolchi. Ikkalasi ham qo'ldan kelganicha o'ynashdi.


- SHogirdlaringiz bugun asabiy o'yin ko'rsatishdi?

- Bu o'yin kechishiga bog'liq. Sababi biz yutqazayotgandik. Tabiiyki yutqazishni hech kimni xohlamaydi.


- Klubingiz safidagi mahalliy futbolchilar saviyasi legionerlardan juda past ekan...

- Bunga qo'shilmayman. Sababi tarkibda BAA terma jamoasi azolari ham bor. Yarim himoyachilar ham milliy terma jamoada o'ynashadi.


- "Bunyodkor" muxlislari haqida fikrlaringiz qanday?

- Ajoyib. Ular bugun jamoani qoyilmaqom tarzda qo'llab quvvatlashdi.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика