So’nggi yangiliklar

02:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди  1 01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  0 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  1 00:50"Арсенал", "Челси" ва "Бавария" Барколяни сотиб олиш учун кураш олиб бормоқда  0 00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  1 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  0 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  4 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  0 23:11Зико: "Европа футболига ҳаддан ташқари юқори баҳо бериб юборилган"  10 23:10Виталий Левченко: "Битта учрашувга қараб фикр чиқариш нотўғри. Ҳеч нимани беркитмаяпмиз, исталган саволингизга жавоб бераман"  12 22:50Санчога Туркиядан харидор чиқди. Футболчига катта маош таклиф қилинмоқда  0 22:23Мбаппе касаллик туфайли 4-5 кг вазн йўқотди  2 21:50"Ньюкасл" Эланга учун 45 миллион фунт таклиф қилди, аммо  0 21:30Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"га мағлуб бўлиб, мусобақа билан хайрлашди. "Сўғдиёна" "Қизилқум"ни қийинчиликсиз мағлубиятга учратди  78 21:05"Ал Қодисия" МЮ қизиқаётган ҳужумчига 15 млн евро таклиф қилди  0

Kafu, Kaka, Kazemiro... Yoxud uchranglilarning oltin uchirmalari Yangiliklar

Kafu, Kaka, Kazemiro... Yoxud uchranglilarning oltin uchirmalari

Braziliya. San-Paulu. Bugun Lotin Amerikasi vakilining Evrofutbolda tutgan o'rni haqida gaplashamiz.

«San-Paulu» klubi yoxud «uchranglilar» 10-15 yil oldin Braziliya futbolining bayroqdori sanalishar edi. Oxirgi vaqtlarda «og'iz ko'pirtirib» maqtashga arzigulik natijalar ko'rsata olmayotgan mazkur jamoa ko'plab futbolchilarga evropa maydonlari tomon ko'prik vazifasini o'tab bergan. Quyida shunday nomlar haqida qisqacha so'z yuritamiz:

1.Kafu (1989-1994). Mazkur futbolchining biografiyasida juda qiziqarli fakt bor. 1970 yilda tavallud topgan futbolchini 18 yoshiga qadar biror bir futbol akademiyasi qabul qilmaydi. Vaj sifatida Kafu futbol talablariga javob berolmasligi ko'rsatiladi. Kafudagi iqtodorni ilg'ay olgan «San-Paulu» klubi mutasaddilari uni jamoa safiga qo'shib olishdi. 1994 yilda «Real Saragosa» Kafuni ispan o'lkasiga olib keldi. Yillar o'tib Kafu dunyoning eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri sifatida etirof etildi. Himoyachi 1997/2003 yillarda «Roma», 2003/2008-yillarda «Milan» sharafini himoya qildi. Ketma-ket 4 mundialda ishtirok etgan futbolchi 2 bor chempionlik shohsupasiga ko'tarilgan edi.


2.Kaka (2001-2003).
Klub akademiyasida tarbiyalangan Rikardu dos-Santos 2003 yilda Karlo Anchelotti tomonidan «Milan»ga olib ketilgan. 2007 yilda CHempionlar ligasida zafar quchgan «Rikki» yakunda «Oltin to'p»ga munosib deb topilgandi.


3.Karlos Kazemiro (2010-2013). Klub o'z tarbiyalanuvchisini 2013 yilda Madridning «Real»iga qo'yib yuborgandi. Endigina 27 yoshga to'lgan Kazemiro esa madridliklar safida 4 bor chempionlar ligasida zafar quchishni uddaladi.

4.Beletti (1996-2002). Aslida, «Kruzeyro» tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan himoyachi klub safidagi 6 yillik faoliyatidan keyin «ko'hna qita»ga yo'l oldi. 2011 yilga qadar «Vilyareal», «Barselona» va «CHelsi» klublarida asosan zahira himoyachisisifatida 180dan ortiq uchrashuvda maydonga tushdi.

5.Serjino (1996-1999). Mazkur futbolchi ayni kuchga to'lgan davrida Braziliyada to'p surdi va nisbatan kech porladi. Zero, u 1999 yilda «Milan»ga yo'l olayotgan pallada 28 yoshda edi va «rossonerilar» safida 37 yoshiga qadar to'p tepdi. Bu muddat davomida CHempionlar ligasini ikki bor qo'lga kiritishni uddaladi.

6.Edmilson (1995-2000). «Uchranglilar» sharafini 5 yil mobaynida himoya qilgach, evropaga yo'l oldi va «Lion», «Barselona», «Vilyareal» klublari sharafini himoya qildi. Futbolchi 2002 yilgi mundial va CHempionlar ligasining 2005/2006 yilgi mavsumida zafar quchgandi.


7.Denilson (2005-2006). Klub safida bir mavsum o'ynagach, 18 yoshida Arsen Venger tomonidan Londonga olib ketildi. Denilson «to'pchilar» safida 7 mavsum mobaynida 96 uchrashuvda 9 gol kiritdi.

8.Sisino (2004-2005). Mazkur qanot himoyachisi ham klub safida bir mavsum harakat qilgach, «Real Madrid» safiga borib qo'shilgandi. Futbolchi 7 yil mobaynida «Real» va «Roma» safida asosan zahira futbolchisi sifatida harakatlandi.

9.Joao Miranda (2006-2011). Miranda ham «San-Paulu»dan «Atletiko» safiga kelib qo'shilgandi. 2015 yildan buyon esa «Inter» sharafini himoya qilmoqda.

10.Lukas Moura (2010-2012). Moura klub akademiyasidan etishib chiqqan vaqtlarida eng iqtidorli braziliyaliklardan biri edi. Keyinchalik 5 yil mobaynida PSJ safida to'p surgan futbolchi hozir Londonning «Tottenxem» klubi sharafini himoya qilmoqda.


Yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilardan Kafu va Kakaga etibor qaratishingizni so'raymiz. Biri 18 yoshgacha akademiyalarga ham qabul qilinmadi. Ammo mehnat tufayli oradan yillar o'tib, Jahon chempionatining oltin kubogini boshi uzra ikki bor ko'tarishni uddaladi. Boshqasi esa dahshatli jarohatdan forig' bo'lish, futbolga qaytish uchun o'zida kuch topa oldi va yakunda «Oltin to'p» bilan mukofotlandi.

Xulosa o'zingizdan.

Faxriddin Ro'ziev tayyorladi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика