Kafu: "Aleksander-Arnold "Oltin to'p"ni yutishi mumkin"
17 fev 2020 00:46
Yangiliklar


Kafu: "Aleksander-Arnold "Oltin to'p"ni yutishi mumkin"
Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Kafu "Liverpul" himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldning imkoniyatlarini yuqori baholadi.
"O'ylaymanki, Trent jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi. U menikiga o'xshash sifatlarga ega, deb ayta olaman. Trentning imkoniyatlari juda yuqori, u kuchli va mahoratli, shuningdek, o'yinni oldingi chiziqqa sura oladi. Menimcha, unda brazilcha o'yin instinkti bor. Trentda "Oltin to'p" sohibiga aylanish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Har doim hujumchilar jahonda tengsiz, deb topilishiga o'rganib qoldik. Bu vaziyatni o'zgartirish vaqti keldi, odamlar himoyachilar ham hujumkor futbolchilar kabi muhimligini bilishi kerak", — dedi Kafu "Mirror" nashriga bergan intervyusida.
O’xshash yangiliklar
18:06
Deku va Flik hozirda Reshford transferini ko'rib chiqmayapti. "Barsa" Diasga etibor qaratmoqda 2
12:27
"Liverpul" Jotaning oilasiga futbolchi bilan shartnoma bo'yicha to'liq summani to'lab beradi 11

Fikrlar