K. SHmeyxel APLning eng kuchli darvozaboni kim ekanligini aytdi
06 may 2019 16:13
Yangiliklar


K. SHmeyxel APLning eng kuchli darvozaboni kim ekanligini aytdi
"Lester Siti" darvozaboni Kasper SHmeyxel Angliya Premer-ligasining joriy mavsumdagi eng yaxshi posboni kim ekanligini aytdi.
Uning fikricha, "Manchester Siti" futbolchisi Ederson Angliya chempionatining eng yaxshi posboni.
"Ederson qo'rqmasdan o'ynaydi va uning harakatlari "Manchester Siti"ga yuqori pressingda o'ynashga imkon beradi. Ular xotirjam oldinga o'tishi mumkin. Ederson liganing eng yaxshi darvozaboni. U ter SHtegen va Oblak bilan dunyoning eng kuchli posbonlari uchligiga kiradi" - deydi SHmeyxel.
Ederson joriy mavsum "shaharliklar" safida 36ta uchrashuvda maydonga tushib, 22ta gol o'tkazib yubordi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar