K-Liga 2. “Anyang” 3-turda ham yutqazdi, G'iyosov esa zaxiradan o'yinga qo'shildi (+jadval)
24 may 2020 19:25
Yangiliklar


K-Liga 2. “Anyang” 3-turda ham yutqazdi, G'iyosov esa zaxiradan o'yinga qo'shildi (+jadval)
Janubiy Koreya 2-divizioning navbatdagi turi doirasida “Anyang” uyda “Kyonnam”ni qabul qildi.
Gollarga boy o'tgan bellashuvda mehmonlar 3:2 hisobida zafar quchishdi. Bahsni zaxiradan boshlagan Xurshid G'iyosov 69-daqiqada hujumchi Kim Kyong Minning o'rniga maydonga tushdi. Mazkur muvaffaqiyatsizlikdan keyin G'iyosov o'ynayotgan klub musobaqa jadvalida autsayderga aylanib qoldi.
“Anyang” 4-turni 27 may kuni safarda “Seul E-Lend”ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
17:05
Modrichga "Real"dan yangi taklif tushmadi – La Liganing navbatdagi turida xayrlashuv kutilmoqda 4

Fikrlar