So’nggi yangiliklar

17:06"Бавария" Тео Эрнандес ва Раумга қизиқиш билдирмоқда  0 16:11"Барселона" сардорларидан бирини сотиб юбориши мумкин  5 15:59ПРО-Лига. "Бухоро" сафарда "Олимпик-MobiUz"га ютқазиб қўйди, "Машъал" — чемпион!  3 15:19Расман: Фрэнк Лэмпард ўзига янги жамоа топди  2 14:18Исмоилов 3 та, Бошкович 2 та ўйинга четлатилди. Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  2 14:15Одилжон Ҳамробеков "Насаф"га ўтдими?   11 13:58"Арсенал" "Аталанта" ҳужумичисига эътибор қаратди  1 13:34Ди Мария ЕЧЛдаги ассистлар бўйича 2-ўринга чиқиб олди  5 13:07Де Йонг "Барселона"нинг янги шартнома борасидаги таклифини қабул қилмади  11 12:26Слот: "Ливерпуль" бундан ҳам яхшироқ ўйнаши мумкин эди"  14 11:51Бэйл: "Бугунги кунда Килиан Мбаппе — дунёнинг энг яхши футболчиси"  25 11:38Эшитдик-да! Ўзбекистон миллий терма жамоаси аъзоси "Нефтчи"га ўтади  21 10:55Лэмпард Чемпионшип жамоасини бошқаришга рози бўлди  2 10:45"Пахтакор" раҳбариятига таклиф: Қарс икки қўлдан чиқади. Черан клубни чиройли ва муносиб тарк этиши керак   16 10:28Анчелотти кечаги мағлубиятга изоҳ берди  40

Jurnalistlarni himoya qilgan murabbiy. "Real"ning yangi ustozi haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar Yangiliklar

Jurnalistlarni himoya qilgan murabbiy. "Real"ning yangi ustozi haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar

Teglar :  Santyago Solari
Xulen Lopetegining haydalishi Santyago Solariga ajoyib imkoniyat taqdim etdi.

Ko'pchilikning fikricha, "Real" 15 kun ichida Solari o'rniga tajribaliroq murabbiy topadi. Ammo Solari o'zini juda ishonchli tutyapti va "menga baribir, hech narsadan qo'rqmayman, mavsum oxirigacha ishlashga tayyorman" degandek ko'rinmoqda.

"Bizning maqsad - Melilyaga borib, erkakligimizni isbotlash" - deya jahl qildi murabbiy Ispaniya Kubogining 1/16 final bosqich o'yinidan oldin. "Biz vaziyatni o'nglashimiz lozim. Menga berilgan vazifa oddiy - g'alaba qozonish. Yigitlar biroz xafa, ammo ular cho'qqiga qaytishmoqchi. Bu ko'plab sovrinlar qo'lga kiritgan g'olib va jangchilar jamoasi. O'zim ham "Real" uchun ko'p ter to'kkanman. Bu klub har birimizdan muhimroq. Uning bir qismiga aylanmoqchiman".

Bunday gaplarni aytayotgan inson haqida nimalarni bilishimiz kerak? U bolaligida otasi (murabbiy) bilan sayoxat qilgan. Uning Evropadagi birinchi klubi "Atletiko" bo'lgan

Solari 1976 yil Argentinaning Rosario shahrida tug'ilgan (Messi ham shu shaharda dunyoga kelgan). Uning otasi Eduardo - mahalliy "Rosario Sentral"ning afsonasi. Futbolchilik faoliyatidan so'ng Argentina, Meksika, Ispaniya, Kolumbiya va AQSHda murabbiylik qilgan. Eduardoning oilasi u bilan birga sayoxat qilardi. Solari ukalari bilan (uchchala farzand ham futbolchi bo'lgan) otasi ortidan mashg'ulotlarga borib, o'z faoliyati haqida orzu qilardi.

"Bizni Barrankilya (Kolumbiya) yoki Gvadalaxaradagi (Meksika) maktabdan olib, otamning mashg'ulotiga olib ketishardi va ukalarim bilan dadamni kutardik. 8 yoki 9 yoshda katta stadionlarda to'p tepardim... Fantastik xotiralar! 1986 yil Barrankilyadagi stadion ochilishida bo'lganman: Mahalliy "Xunior" Urugvay va Argentina bilan o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazgan va men kumirim Enco Francheskolidan (Zidan ushbu urugvaylik futbolchi sharafiga o'g'liga Enco ismini bergan) to'p olganman!"

Futbolchining otasi 1994 yil Argentinaga qaytganida Solari "Nyuells Old Boys" hamda Rosariodagi "Renato CHezarini"da shug'ullandi. Ikki yil o'tib u Enco Francheskoli faoliyatini yakunlagan klub - "River Pleyt" futbolchisiga aylandi. Yosh chap qanot yarim himoyachisi u erda o'zini ko'rsata oldi: CHempionat va Libertadores Kubogida g'olib bo'ldi, 67ta bahsda 13ta gol urdi va 1999 yilning yanvarida 3,5 mln evro evaziga "Atletiko"ga o'tdi. U Ispaniyadagi debyut mavsumida juda yaxshi o'ynadi, ammo jamoa Segundaga (ikkinchi darajali liga) tushib ketdi, biroq Solari yuqori divizionda qoldi. "Real" 2000 yilda 3,15 mln evro evaziga uni sotib oladi.


Zidan, Ronaldu va Bekxem bilan o'ynagan

Solari "Real"da 5 yil to'p tepdi, ammo ko'pchilik uni yaxshi eslay olmaydi, Santyago Ronaldo, Figu, Raul, Zidan, Bekxem va Roberto Karlos davrida o'ynagan. "Yarim himoya va hujumda raqobat juda kuchli bo'lganini eslayman. Ulardan yaxshi o'ynashingni bilsang ham sabrli bo'lish kerak".

Solari har doim ham asosiy tarkibda maydonga tushmagan bo'lsada, uning starti omadli chiqqan: "Real" ketma-ket ikki marta LaLiga g'olibiga aylandi, 2001/02 mavsumda CHempionlar ligasida zafar quchdi. "Bayer"ga qarshi finalda to'liq o'ynadi va Zidanning afsonaviy golida ishtirok etdi: Roberto Karlosga aynan Santyago pas bergan edi.

Solari Madriddagi 5 yil davomida 131ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urdi va muxlislar xotirasida borini berib o'ynaydigan futbolchi sifatida qoldi. "Solari - ajoyib yigit va juda kelishgan futbolchi. U maydonni yaxshi ko'ra oladi va qaysi vaziyatda pas berish yoki to'pni saqlab qolishni biladi" - degan Roberto Karlos 2006 yilda. 2003 yilgacha Solari bilan ishlagan Visente del Boske Santyago haqida quyidagi gaplarni aytgan: "U doimo ishonch bildirsa bo'ladigan yigitlardan biri. Sovuqqon, mard, o'z vazifalarini yaxshi tushunadi".



"Inter"da ham sovrinlar yutgan. El Pais uchun maqolalar yozib, jurnalistlarni himoya qilgan

Solari 2005 yilda 6 mln evro evaziga "Inter"ga o'tadi. Argentinalik uch marta A Seriya g'olibiga aylandi, 2008 yilda esa vataniga qaytdi. 2011 yilda Santyago Urugvayning "Penyarol" futbolchisiga aylanadi va faoliyatini shu klubda yakunlaydi. Ammo u futbolni yig'ishtirib qo'yishni istamagan.  "Tanlov bor deb o'ylamayman. Murabbiy bo'lishni istayman. Bolaligimdan futboldan boshqa hech narsani ko'rmaganman" - degan Solari "Clarin"ga bergan intervyusida. Solari parallel ravishda El Pais gazetasida ishlab, har hafta maqola yozardi. U "Inter"da o'ynagan paytida ispan nashri bilan hamkorlikni boshlagan, ammo faoliyatini yakunlaganidan so'nggina qalami faol bo'lgan. Argentinalik JCH-2014 paytida o'yinlarni sharhlab, ESPN kanalida ekspert vazifasini bajardi. "Jin ursin, bu LaLigada o'ynashdan ham qiyinroq ekan" - deb tan olgan edi Solari.

Solari media olamiga kirib, jurnalistlarga bo'lgan munosabatini o'zgartiradi. "Hozir ularning ishiga umuman boshqa ko'z bilan qarayapman, futbolchiligimda ko'p narsani tushunmas edim. O'quvchilar sizning fikrlaringizni umuman boshqacha tushunshi mumkin. Gapni tartibli tuzish ham oson emas. Sportchilar jurnalistlarni dushman deb o'ylaydi. Hamma mashhur shaxslar shunday fikrda. Ularning fikricha, jurnalistlar holis baho berishga qodir emas. Sportchilarning aytishicha, OAV xodimlari ularning qilayotgan ishlari evaziga tirikchilik qilishar ekan. Biroq faqat matbuot futbolni qiziqroq qilib, uning sotilishiga juda katta yordam beradi" - degan edi Santyago 2011 yildagi intervyusida.



U "Kastilya"gacha "Real"ning bolalari va o'smirlarini shug'ullantirgan. Sakkining uslubidan ilhom oladi

Solari 2013 yilda "Real" tizimiga keladi va bolalar jamoalari "Kadet B" va "Kadet A"da ishlashga muvaffaq bo'ladi. U ikkala jamoa bilan chempionat g'olibiga aylanadi. Murabbiy bolalarni ehtiyot qilardi. "Bolaligimda bizda faqat ikkita kanal bo'lardi, ular tezda jonga tekkan - ko'chaga chiqib, to'p tepishni istardik. Bugungi bolalarda 100ta kanal, WhatsApp, Instagram, Facebook bor. Ijtimoiy tarmoqlar dunyoni egallab oldi, ammo bu katta muammo deb o'ylaydi. Aksincha, bu to'g'ri foydalanish kerak bo'lgan ustunlik. Internet hayotimizni ancha osonlashtirdi va futbol olamida o'z o'rniga ega bo'lishni istayotganlarga ko'p foydali malumot berishi mumkin".

2015 yilda Solari "Xuvenil B" va "Xuvenil A" jamoalarini boshqardi. Murabbiy Zidanning o'g'li Enconi ko'p maqtardi. "To'g'ri, familiya unga og'irlik qiladi, ammo bundan qutilishning iloji yo'q. Futbolchilik faoliyatimni boshlaganimda menda ham shunday muammolar bo'lgan, ammo Lukada vaziyat menikidan jiddiyroq: Otam Zidan bo'lmagan".

2016 yilning oxirida Solarini "Kastilya" bosh murabbiyligiga taklif qilishdi. O'shanda u La Nacion nashriga murabbiylar orasidagi mashhurlar haqida fikr bildirgan: "Omadim kelgan, ko'plab ajoyib murabbiylar bilan ishlaganman. Ularning orasida Arrigo Sakki va Visente del Boskeni ajratib ko'rsatishim mumkin. Sakki futbolni o'zgartirib yubordi, Del Boske esa futbolchilar bilan yaxshi chiqishardi. Ammo murabbiylikni boshqalardan ham o'rganganman: Taktikaga juda ko'p vaqtini sarflagan Raneri va Manchini".

Solarining so'nggi g'alabasi - 16 yoshida narxi 45 mln evro bo'lgan dunyoning eng yaxshi futbolchisi Vinisiusga qayg'urishi bo'ldi. Lopetegi uni "Real"dan "Kastilya"ga o'tkazib yubordi va bu braziliyalikning jahlini chiqardi. Futbolchiga rotaciyani vada qilishgan edi. "Vinisius bor-yo'g'i 18 yoshda, hozir u yangi futbol madaniyatiga, yangi tilga va jamoadoshlariga ko'nikishi kerak. Bu oson emas, shu sababli klub futbolchiga yordam berish uchun hamma ishin qilishi lozim. U juda yosh, sabr va vaqt kerak" - deya yosh futbolchi g'azabini so'ndirdi Solari. Vinisius murabbiyning etiborini his qildi va "Kastilya" safida 5ta o'yin o'tkazib, 4ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Braziliyalik Ispaniya Kubogida "Real" safida maydonga tushib, 2ta golli pas berdi.

Agar Solari Isko, Benzema va boshqa yulduzlar bilan shunday yaxshi munosabat o'rnatsa, uning "Real"da qolish imkoniyatlari oshib ketadi.

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика