So’nggi yangiliklar

23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  1 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  4 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  11 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  65 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1

Jurnalistlar PSJ - "Real" javob o'yini oldidan qanday fikrda? Yangiliklar

Jurnalistlar PSJ - "Real" javob o'yini oldidan qanday fikrda?

Bugun ECHL 1/8 javob uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Unda Parijning PSJ jamoasi o'z uyida Madridning "Real" klubini qabul qiladi. Ushbu uchrashuvdan oldin yurtimizdagi taniqli futbol sharhlovchilari quyidagi 3ta savollarga o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.



PSJ - "Real" o'rtasidagi dastlabki uchrashuvda "qirollik klubi" 2ta to'p farqi bilan g'alaba qozongandi. Ushbu ustunlik "Real"ni keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin. SHunga qaramay "Real" hujumkor o'yin ko'rsatadi, deb o'ylaysizmi?

"Real"ga qarshi uchrashuvda PSJdan Neymar maydonga tushmaydi "Real"dan esa Kroos va Modrich ushbu uchrashuvda ishtirok etishi so'roq ostida turibdi. Ushbu futbolchilarning maydonda yo'qligi o'yinga qanchalik tasir o'tkazishi mumkin?

Unai Emeri shogirdlari, o'tgan yili xuddi shu bosqichda Ispaniyaning boshqa bir jamoasi "Barselona"dan qaqshatqich mag'lubiyatga uchragandi. Bu safar Unai Emeri avvalgi xatolardan xulosa chiqarib, "Real"ga qarshi uchrashuvda ehtiyotkorona harakat qilgan holda hujumkor o'yin namoyish etishi mumkinmi?



Diyor Imomxo'jaev (SHarhlovchi)



"Zidan ham, “Real”dagi qolgan futbolchilar ham o'yinga himoyalanish uchun chiqib kelmaydi. Bunday xatoga bir yil avval PSJning o'zi yo'l qo'yib bo'lgan. Biroq “Real” raqib unga imkon berganicha o'ynaydi. 2ta gol farqi zamonaviy futbolda hech narsa emas. SHuning uchun ham madridliklar 3:1 ni davom ettirishmaydi, balki o'yinni butkul yangidan — 0:0 dan boshlashadi, xuddiki hech narsa bo'lmagandek. Parijliklar esa bunday qila olishmaydi, ular -2 ta gol farqini butun o'yin davomida unuta olishmaydi.

Neymarning yo'qligi PSJ yutishini istayotganlarni ko'proq xavotirga solar balki. Men esa agar Modrich va Kroos o'ynamasa, “Real”dagi yo'qotish dahshatliroq deb hisoblayman. CHunki PSJ bir yil avval Neymarsiz ham “Barsa” darvozasiga 4ta gol ura olgandi. Bu yil qo'shimchasiga Mbappe bor, tarkib baribir kuchaygan. “Real” esa Kroos va Modrichsiz yarimta jamoaga aylanib qolishi mumkin. Ular jamoaning yuragidir.

Biroq bu shunday bosqich va shunday darajadagi jamoalarki, 1—2 futbolchining yo'qligidan nolimasliklari shart. Bunday jamoalar shuning uchun nolishdan uyalashishlari kerak. CHunki zaxiralari ham chakki emas.

Extiyotkorona o'yin ko'rsatgan jamoa hujumkor o'ynashiga ishonmayman. Bu bir-birini inkor etadigan narsalar. Ehtiyotni shundoq ham hech kim unutmaydi. Biroq 2ta gol farqini yo'qqa chiqarishni istagan jamoa o'sha siz aytgan “Barselona”ga qarshi birinchi o'yindagi PSJ yoki PSJga qarshi ikkinchi o'yindagi “Barselona” bo'lishi kerak. Yani, 90 daqiqa tinim bilmaslik va raqibga umuman o'yin bermaslik", - deydi Diyor Imomxo'jaev



Davron Fayziev (SHarhlovchi)



"Meni fikrimcha, "Real" Parijda hujumkor o'yin ko'rsatmasa kerak. Nega? CHunki, "Real"ga bu narsa keragi yo'q. Raqib jamoa bir emas ikkita gol urishga majbur. "Real" shunchaki raqibning holatidan kelib chiqadi. Bu himoyaviy futbol emas. Bu to'p nazoratini PSJga berib qo'yish. "Real" PSJga to'pni berib qo'yim, o'ziga yaqinlashtirib olib, qisqa paslar bilan qarshi hujumga qochib ketishga urinadi. Bu narsani "Real" juda ko'p qo'llagan. Bu Zidan tomonidan ishlatiladigan uslublardan biri. Buni "Real" yaxshi amalga oshirishini barcha biladi. SHu manodan kelib chiqib aytmoqchimanki, "Real" hujumkorlik ko'rsatishi shart emas. Lekin, bu degani "Real" hujum qilmaydi degani emas. "Real" shunchaki to'p nazoratini raqibga beradi. "Real" raqib darvozasiga gol urushga harakat qiladi. CHunki, "qirollik klubi" gol ursa ishi yana da osonlashadi. "Qaymoqranglilar" tarkibida tezkor Beyl, har qanday vaziyatda gol urishga tayyor bo'lgan Ronaldu, sekin-asta formasini tiklab borayotgan Benzema bo'lganidan keyin, "Real"ning gol ura olmasligiga ishonish qiyin. Bu o'yinda fovarid endi "Real". Birinchi uchrashuvda fovarid PSJ edi. Real olib qaraganda dastlabki uchrashuvda PSJning imkoniyatlari yuqori baholangan edi. Javob uchrashuvida esa teskarisi bo'ldi va PSJ endi qiyinchilikka duch keladi.

Bugungi o'yinda "Real" fovarid deganimda Neymarning yo'qligini ham inobatga olgandim. Bu PSJ uchun katta yo'qotish. CHunki, aynan shu mavsumda Unai Emeri butun o'yinni Neymar atrofida quryapti. Bu Emerining shaxsiy istagi bo'lmasligi mumkin. Bu klub imijining hozirgi kunda Neymar bilan bog'liq ekanligi bunga sabab bo'lishi mumkin. Lekin, Neymarning jarohati klubni qiyin ahvolga solib qo'ydi. PSJda rotatciya bo'lib turadi, lekin, Neymar bugungi kunda katta kuchga aylanib bo'lgan va usiz PSJga qiyin bo'ladi.  

O'tgan yili "Barselona"dan qabul qilib olingan mag'lubiyat, birinchi uchrashuvda "Real"dan qabul qilib olingan mag'lubiyatga sabab bo'ldi, deb o'ylayman. Hozir buni tushuntirib o'taman. O'tgan yili birinchi uchrashuvda PSJ "Barselona"ga qarshi juda ham erkin o'ynagan edi, yodingizda bo'lsa. PSJ ushbu uchrashuvda ochiq futbol tashkil etib, raqib darvozasiga gollar urib tashlab birinchi uchrashuvda ustunlikka erishgandi. Lekin, ikkinchi o'yinda qaqshatqich mag'lubiyatga uchragan. Endi Emeri o'zicha xulosa qilib, bunday jamoalarga qarshi o'yinda hujumkor o'yin ko'rsatish xavfli ekan, degan xayolga bordi shekilli, birinchi uchrashuvda Madridda PSJ o'zini favoriddek tutgani yo'q. Natijada "Real" sekin-asta kamchiliklar topib ulardan foydalanib ketdi. Balki PSJ dastlabki uchrashuvni dadilroq, ishonchliroq, qattiqroq o'tkazganida natija bunday yomon bo'lmasdi. Endi PSJ javob o'yinida nima qilishi mumkin? Parijliklar javob o'yinida "Barselona"ga qarshi birinchi uchrashuvdagi holatni ko'rsatishi mumkin. Yagona imkoniyat shu. Hamma narsani unutib oldinga tashlanish va tavakkal hujumkor o'yin ko'rsatib gollar urish. PSJning boshqa iloji yo'q. Favorit "Real", ammo, bu qarama-qarshilikda hamma narsa hal bo'ldi, degan fikrdan yiroqman. PSJ jiddiy jamoa, Neymarsiz ham bu jamoada uchrashuv masalasini hal qiluvchi futbolchilari bor. "Real"ning bazi-bazida bu mavsumda o'ziga yarashmagan o'yin  ko'rsatishini inobatga olsak, PSJda imkoniyat saqlanib qolgan", - deydi Davron Fayziev



Eldor Mustafoev (SHarhlovchi)




"Hozirgi zamonaviy futbolda o'yin qanday bo'lishligini taxmin qilish juda ham qiyin. "Real" bu bahsda asosan hisobni ushlab qolish uchun harakat qilishi aniq. Ko'proq qarshi hujumda o'ynashga harakat qiladi. Uchrashuvdan oldin Unai Emeri "Neymar uchun o'ynaymiz", deya fikr bildirdi. PSJ tarkib borasida "Real"dan arzon emas. Parijliklarning yo'qotadigan hech narsasi yo'qdek o'ynasa kerak. Bugungi o'yinda ustunlikni PSJga bergan bo'lardim.

Aslida, biror-bir jamoada futbolchi bo'lmasa, uning soyasida qolib ketayotgan futbolchilar katta sahnaga chiqishi kerak. Bugungi o'yinda shunday bo'lsa ajab emas. CHunki, bunday o'yinlar hammaga ham nasib etavermaydi. Zaxirada qolayotgan futbolchilar yaratilgan imkoniyatdan foydalanadi. Neymar PSJda etakchi bo'lib olgan. Kavani bugungi o'yinda maydonga tushib, o'z o'yinini ko'rsatib o'zini narxini oshirishga urinib ko'rsa ajab emas. Bundan tashqari PSJda Di Mariya ham bor. Ushbu futbolchi ulkan tajribaga ega. Unai Emerini kuchli mutaxassislar qatoriga qo'sha olmayman. CHunki, o'yin taqdirini maydondagi futbolchilar hal qilib beradi. O'tgan yili ECHL musobaqasining xuddi shu bosqichda "Barselona" bilan bo'lib o'tgan o'yindagi holatdan har kim o'zgacha xulosa chiqarishi mumkin. Bu o'yin o'tib bo'lgan.Unai Emeri avvalgi xatosini takrorlamasa kerak. Agarda Unai Emeri shogirdlari ehtiyotkor o'yin ko'rsatsa, juda ham katta xatoga yo'l qo'ygan bo'ladi. "Real" o'tgan o'yindagi hisobni ushlab qolish orqali o'z maqsadiga erishsa kerak. Qolaversa Zidan va "Real" oldida bu yil qo'lga kiritishi kerak bo'lgan sovrin qolmagan. Faqatgina bor umidi ECHL musobaqasi bahslarida", - deydi Eldor Mustafoev 


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика