Jurnalistlar diqqatiga: OCHL uchun akkreditaciya jarayoni boshlandi!
16 jan 2020 16:55
Yangiliklar
Jurnalistlar diqqatiga: OCHL uchun akkreditaciya jarayoni boshlandi!
Xabaringiz bor, 21 va 22 yanvar kunlari "Lokomotiv" va "Bunyodkor" OCHL-2020 pley-off bosqichidagi ishtirokini boshlaydi.
21 yanvar kuni "Lokomotiv" o'z maydonida Tojikistonning "Istiqlol" klubini qabul qilsa, "Bunyodkor" 22 yanvar kuni "Jar" stadionida Iroqning "Al Zavra" klubiga qarshi bahs olib boradi.
SHu munosabat bilan "Lokomotiv" va "Bunyodkor" klublari matbuot xizmati birgalikda mazkur o'yinlar uchun OAV xodimlarini akkreditaciyadan o'tkazish jarayoni boshlanganini malum qiladi.
Buning uchun kerakli hujjatlar:
1. Tashkilot rahbari nomidan jurnalistlarni akkreditaciyadan o'tkazish bo'yicha xat.
2. 3x4 hajmdagi fotosurat
3. Pasport nusxasi
Hujjatlar elektron shaklda 2020media@mail.ru manzili orqali qabul qilinadi.
P.S. Akkreditaciyadan o'tishni xohlovchi OAV xodimlari kerakli hujjatlarni 19 yanvargacha yuborishlari shart.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar