Jurnalist: "Mourinyu Saudiya Arabistoniga borsa, hech kim ajablanmasa kerak"
18 jan 2024 10:54
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/777109_original.jpg)
![](/upload/storage/777109_220.jpg)
Jurnalist: "Mourinyu Saudiya Arabistoniga borsa, hech kim ajablanmasa kerak"
"Mediaset" nashri jurnalisti Enco Palladinining fikricha, "Roma"dan ketgan Joze Mourinyu Saudiya Arabistoni tomon yo'l oladi.
- Portugaliyalik murabbiyni endi qaerda kutishimiz kerak?
- Uning o'zi yaqindagina Saudiya Arabistoniga borishni istayotganini aytgandi. Agarda voqeliklar shunday rivojlansa, bundan hech kim ajablanmasa kerak.
- Evropachi?
- Agarda Saudiya Arabistonidan keyin u Evropaga qaytsa, men bundan ajablanmasdim. Masalan, u Portugaliya termasi boshqaruvini qo'liga olishi mumkin. Uning Braziliya termasini boshqarishiga ishonmayman, - dedi Palladini.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar