Junior Moraes: “Finalgacha chiqishimizga ishonyapmiz”

12 avg 2020, 07:56
“Shaxtyor” forvardi Junior Moraes “Bazel”ga qarshi (4:1) Yevropa Ligasi 1/4 finalidan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“O'zimizni qoyilmaqom his qilyapmiz. Juda yaxshi ishladik. Endi esa finalgacha yetib borishimizga ishonyapmiz. Agar o'zingizni tekshirish niyatingiz bo'lsa, raqibingizga qarshi yuqori darajada o'ynashingiz kerak”, - deydi Junior Moraes.

Ma'lumot uchun, “Shaxtyor” final yo'llanmasi uchun 18 avgustda “Inter”ga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar

Manba: UEFA