So’nggi yangiliklar

18:46"Манчестер Сити" — "Вест Хэм". Таркиблар маълум  3 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:03"Бани Яс" — "Хорфаккан". Таркиблар маълум  0 16:24"Ньюкасл" — "Челси". Таркиблар маълум  7 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  17 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  3 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  3 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  4 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  11

Jozedan navbatdagi ahmoqlik: Mourinyu "Sautgempton" ustozining bloknotiga qarab oldi va o'yindan so'ng uni ahmoq dedi Yangiliklar

Jozedan navbatdagi ahmoqlik: Mourinyu "Sautgempton" ustozining bloknotiga qarab oldi va o'yindan so'ng uni ahmoq dedi

Anchelotti hamda Pep, Arteta va Sulsher jamoalari kurashayotgan kunda "Sautgempton" – "Tottenxem" uchrashuvi bir chekkada qolib ketishi kerak edi.

Ammo Mourinyu katta sahnaga chiqdi va ushbu bahsni turning eng etiborga molik o'yinlaridan biriga aylantirdi.


Joze jamoasi 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi, Denni Ingzning 17-daqiqadagi goli mezbonlarga g'alaba keltirdi. Bu forvardning joriy mavsumdagi 13-goli va endi u to'purarlar ro'yxatida ikkinchi o'ringa chiqib oldi (birinchi o'rinda - 17ta gol bilan Jeymi Vardi).


"Tottenxem" Mourinyu qo'l ostidagi so'nggi 8ta uchrashuvdan bor-yo'g'i 3tasida zafar quchdi, ammo futbolchilarni haqorat qiladigan odam topilmasa kerak, chunki portugaliyalik mutaxassis barchaning etiborini o'ziga qaratdi.


Uchrashuvdagi eng asosiy voqealardan biri 78-daqiqada, Mayk Din ofsayd tufayli Garri Keynning golini hisobga olmaganidan keyin sodir bo'ldi. Garri jarohat oldi va Mourinyu uni almashtirishga majbur bo'ldi. Murabbiy birinchi bo'limdayoq majburiy o'zgarish amalga oshirgan edi - Ndombele ham shikastlanish tufayli maydonni tark etdi. Bu jarohatlar portugaliyalikni xafa qildi va u emociyalarini nostandart uslubda namoyish qildi: Joze "Sautgempton" darvozabonlar murabbiyi Endryu Sparks oldiga borib, uning bloknotiga ko'z tashladi.


Mayk Din bu ish uchun sariq kartochka ko'rsatdi.


Mourinyu o'yindan so'ng hakamning haqligini takidladi, ammo raqib ustozi haqida quyidagi gaplarni aytdi: "Qo'pollik qildim, ammo ahmoqqa nisbatan qo'pollik qildim. Kartochkaga munosib edim. O'sha yigitga yomon so'zlar bilan tashlandim". Mourinyu nima bo'lganini aytib bermadi: "Bunga sabab bor edi. Biroq sizga sababini aytmayman".


Murabbiyni VAR ishi ham g'azablantirdi: "VAR bekor qilgan vaziyatdan ko'nglim to'lmadi. Ular sodir bo'lgan voqeani to'liq ko'rib chiqishmadi, penalti yo'q vaziyatni esa batafsil tahlil qilishdi".


"Menimcha hozirgi hakamlar hakam emas. VARning nomini o'zgartirish kerak, chunki bu odamlarni hakamning videoassistentlari deb bo'lmaydi. Ularga VR nomi mos - videoreferi. Maydondagi hakam hakam emas, bu yigitlar VARdagilarning yordamchilari.


Muhim qarorlar kabinetda o'tirganlar tomonidan qabul qilinadi. Ofsaydlarga keladigan bo'lsak, masalan, Keynning "Brayton"ga urgan golini hisobga olishmadi. U erda ofsayd bo'lgan ekan, ammo o'yindan tashqari holat masofasi qanday bo'lganini bilmayman. Keyin "Norvich"ning darvozamizga urgan goli hisoblanmadi, u erda yarim dyuym (2,54 sm) masalani hal qildi. Endi bu gol - takroriy vaziyatni ko'rmagan bo'lsamda, ishonchim komil emas".


Ammo hammasidan ko'proq Jozeni jarohatlar havotirga soldi: "Ndombele doimo jarohat oladi. Bitta o'yin o'ynab, kelasi haftada shikastlanadi, keyin yana shu ish takrorlanadi. U formasini tiklab oladi deb umid qilaman, biroq bu mavsum boshidan beri davom etmoqda. Bu biz uchun muammo. Hayolda, ushbu futbolchi o'syapti, bugungi bahsning katta qismida o'ynashga tayyor deb o'ylaysiz, ammo u yana jarohat oladi".

Mourinyu Keynning jarohati haqida quyidagicha fikr bildirdi: "Garri tinimsiz to'p tepmoqda. Uning jarohati jiddiy yoki havotirga arzimaydigan bo'lishi mumkin, ammo u malum bir vaqt maydonga tushmasligi aniq".


Etakchilar jarohati "Tottenxem" muammolarini chuqurlashtirib yuboryapti, oldinda esa uyda "Liverpul"ga qarshi bahs kutib turibdi.


"Tottenxem" uyg'onishini va Jozening yangi shoularini kutib qolamiz.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика