Joze Mourinyu Braziliya termasini boshqarishni istamoqda Yangiliklar

Joze Mourinyu Braziliya termasini boshqarishni istamoqda

Murabbiy "Roma" bilan yangi shartnoma imzolash niyatida emas.

Joze Mourinyu Braziliya terma jamoasini boshqarishni istamoqda. Bu haqda UOL nashri jurnalisti Rafael Reys xabar berdi.

Malum qilinishicha, 60 yoshli murabbiy "Roma" bilan shartnomasini uzaytirish niyatida emas. Braziliya terma jamoasi esa murabbiy uchun eng yaxshi variant hisoblanmoqda. Bundan tashqari, Mourinyu Evro-2024'dan keyin biror Evropa terma jamoasini qabul qilib olishi ham mumkin.

Eslatib o'tamiz, Joze Mourinyuning "Roma" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar davom etadi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика