Joze Mourinyu Arda Gyulerni jamoasiga olib kelmoqchi
09 okt 2024 21:10
Yangiliklar
Joze Mourinyu Arda Gyulerni jamoasiga olib kelmoqchi
Murabbiy Ardani "Real"dan ijaraga olishni maqsad qilgan.
Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi "Real Madrid" futbolchisi Arda Gyulerni ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Joze Mourinyu boshqarayotgan klub ayni damda madridliklar bilan Ardaning ehtimoliy transferi masalasida muzokarani boshlamoqchi. Turk klubi 19 yoshli futbolchini mavsumning ikkinchi yarmida ijaraga olmoqchi.
"Real Madrid" Arda Gyulerni sotmaydi, ammo ijara uchun yaxshiroq taklif tushsa, buni o'ylab ko'rishga tayyor. Bu holatda muhim faktorlardan biri "Fenerbaxche" o'yinchining maoshini qoplashi kerak.
Malumot uchun, ushbu mavsum Arda Gyuler La Ligada ettita o'yinda maydonga tushdi. Futbolchi bu o'yinlarni asosan zaxirada boshladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?
Fikrlar