Joze Mourino: Taktik rejalarda xatoga yo'l qo'yganimni tan olaman
11 may 2018 07:28
Yangiliklar
Joze Mourino: Taktik rejalarda xatoga yo'l qo'yganimni tan olaman
“Biz 6 ta kuchli jamoa chempionlik uchun kurashgan premer-liganining 2-o'rinda yakunladik. Mavsumdan to'liq qoniqdim deb ayta olmayman. Bu mening tabiatimga to'g'ri kelmaydi. Ha, chempion bo'la olmasligimizni tushunganimizdan keyin, o'z oldimizga 2-o'rinni olish vazifasini qo'ygan edik, bugun esa shu ishni uddaladik. Bugungi o'yin uchun futbolchilarni tanqid qilmoqchi emasman. “Brayton” bilan kechgan bahs tanaffusida yigitlarga o'sha kuni mag'lub bo'lishimizni oldindan aytgan edim. Bugun esa g'alaba qozonish haqida gapirdim. Taktik rejalarda xatoga yo'l qo'yganimni tan olaman, ammo 80-daqiqadan keyin 2-o'rinni olish uchun 1 ochko etishini sezib, ko'proq himoya haqida o'ylashimizni futbolchilarga etkazdim. Endi keyingi o'yinda g'alaba qozonib, 80 ochkodan ko'proq ochko jamg'arishimiz lozim. Maykl Kerrik “Old Trafford”dagi so'nggi o'yinda jamoa sardori bo'ladi. De Xeaga esa dam beraman. Uning o'rnini Romero egallaydi”, — dedi Mourino.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar