Joze Mourino o'yindan keyingi matbuot anjumanida nimalar dedi?
13 avg 2017 23:00
Yangiliklar
Joze Mourino o'yindan keyingi matbuot anjumanida nimalar dedi?
“MYU” ustozi APL 1-turida jamoasining “Vest Xem” ustidan (4:0) qozonilgan g'alabasidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“O'yin qiyin kechdi. Hatto hisob 2:0 vaqtida ham uchrashuv taqdiri hal etilmagandi. “Vest Xem”da ham imkoniyat bo'ldi.
Biz o'yinni yaxshi boshlay olmadik. Asabiy ko'rindik. Ammo keyin yaxshi o'yin namoyish etdik. Menga ishonchli o'yin yoqadi. Biz aynan ishonchli o'yin ko'rsatdik.
Yangi futbolchilar yangi klubda o'zlarini ko'rsatishni istashadi. Hamma ulardan gollar kutadi. Morata, Lukaku, Lyakazet, Runi o'zlarini ko'rsatishdi. Bu ularga ishonch bag'ishlaydi.
Biz mavsumni yirik g'alaba bilan boshladik va birinchi pog'onadamiz. Ammo bu hech narsani anglatmaydi. Hozir biz uchun o'zimizga bo'lgan ishonchni yuqori bo'lishi muhim. O'tgan mavsumda “Vest Xem” bilan o'yinda ikki ochkoni yo'qotgandik, bugun uch ochko ishladik”, deydi Joze Mourino.O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar