Joze Mourino: "Men o'z jamoamga ishonaman"
16 sen 2015 19:10
Yangiliklar


Joze Mourino: "Men o'z jamoamga ishonaman"
"CHelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino "Makkabi"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinda bir qancha o'zgarishlarni amalga oshirmoqchi.
"To'g'ri, men tarkibda bir qancha o'zgarishlar qilmoqchiman. Bilaman, agar kimni tarkibga kiritmasam u bilan oramizda muammolar bor deb tushunasizlar. Agar Terri zaxirada qolsa demak u bilan muammo bor, Fabregas o'yinga tushmasa u bilan muammo. Menda o'zim to'liq ishonadigan jamoam bor va ularning xar biri yuqori saviyadagi futbolchilardir. Qo'l ostimda faqat 11 nafar futbolchi emas, boshqalar ham bor. Demak, o'zgarish qilishim mumkin", - deydi murabbiy.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar