Joze Mourino: “APLdagi 19 ta murabbiydan ko'proq chempionlikni qo'lga kiritganman”
28 avg 2018 07:08
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/450635_original.jpg)
![](/upload/storage/450635_220.jpg)
Joze Mourino: “APLdagi 19 ta murabbiydan ko'proq chempionlikni qo'lga kiritganman”
“Manchester Yunayted” ustozi Joze Mourino APL 3-turi doirasida “Tottenxem”ga (0:3) uchralgan mag'lubiyatdan keyin o'ziga xos tarzda fikrlarini bildirib o'tdi.
“O'tgan yili biz o'z uyimizda “Sevilya”ga mag'lub bo'lgandik. CHunki shunga loyiq edik. Yaxshi o'yin ko'rsata olmadik, xavfli vaziyatlar yarata olmadik va raqib haqli g'alabaga erishgandi.
Bugun esa garchi 0:3 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsakda, muxlislar bizni olqishlar bilan kuzatishdi. CHunki biz yaxshi o'yin ko'rsatdik.
Bugun qanday hisob qayd etildi, bilasizmi? 3:0. Bilasizmi, bu hisob nimani anglatadi? Bu nafaqat hisobni, balki mening Premer ligada necha marta g'olib chiqqanliginmni ham bildiradi. Men Premer liganing barcha 19 ta murabbiyining natijasini qo'shib hisoblanganidan ham ko'proq APLda chempion bo'lganman. Menda 3 ta, ularda ikkita. Buni hurmat qilish lozim”, deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Joze.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar