Jota: “Liverpul” - faoliyatimdagi eng yaxshi klub
04 noy 2020 09:26
Yangiliklar
Jota: “Liverpul” - faoliyatimdagi eng yaxshi klub
“Liverpul” ECHL guruh bosqichi 3-turida safarda “Atalanta”ni 5:0 hisobida engdi.
Mersisayd klubi safida xet-trikka erishgan Diogu Jota uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Liverpul” — faoliyatimdagi eng yaxshi jamoa. Bu aniq! Xet-trik mening eng yaxshi holatim bo'ldimi yoki yo'q bilmayman, ammo men gol urishni yaxshi ko'raman. SHuning uchun o'z ko'rsatkichlarim va natijadan xursandman. Biz safarda yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritgan, shunday ekan bu kecha hammasi o'xshadi deyish mumkin. Saloh va Mane — top-o'yinchilar. Ularning nimalarga qodir ekanligini bilamiz. Ular mening ishimni osonlashtirmoqda. Qoyilmaqom futbolchilar. Birgalikda juda yaxshi o'yin o'tkazdik deb o'ylayman”, — deydi Jota.
Fikrlar