Jorje Jezushda koronavirusning noyob turi aniqlandi
29 jan 2021 14:44
Yangiliklar


Jorje Jezushda koronavirusning noyob turi aniqlandi
"Benfika" jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezushda SARS-CoV-2 tomonidan kelib chiqqan nafas yo'li infekciyasining klinik ko'rinishi borligini malum qildi.
Mutaxassis so'nggi ikki haftada 7ta manfiy test topshirdi, ammo kecha o'tkazilgan qo'shimcha testlar unda koronavirusning yangi turi borligini ko'rsatdi.
Jezush yaqin bir necha kunlarda izolyaciyada bo'ladi, "Benfika" xodimi esa uning sog'ligini kuzatib boradi.
Eslatib o'tamiz, mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida "Benfika"dan tashqari "Amora", "Felgeyrash", "Unian Madeyra", "Eshtrela" (Amadora), "Vitoriya" (Setubal), "Vitoriya" (Gimaraynsh), "Moreyrense", "Unian Leyriya", "Belenensesh", "Braga", "Sporting" (Lissabon), "Al Hilol" va "Flamengo" jamoalarini boshqargan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar