Jon Terri “Man Siti” himoyachisidan sovg'a qabul qildi
05 may 2021 20:05
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/635399_original.jpg)
![](/upload/storage/635399_220.jpg)
Jon Terri “Man Siti” himoyachisidan sovg'a qabul qildi
“CHelsi” sobiq sardori va hozirda “Aston Villa”da bosh murabbiy yordamchisi bo'lib ishlayotgan Jon Terri “Manchester Siti” azosi Ruben Diashning dastxati tushurilgan futbolkani qabul qildi.
Terri ushbu sovg'ani olgani haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi:
- Kecha tunda bu yigit qanday qoyilmaqom harakat qildi. Futbolka uchun rahmat, mening do'stim
Diash esa Terriga yuborgan futbolkasiga: “Menga eng asosiy namuna bo'lganlardan biriga ulkan hurmat bilan”, deb yozdi.
Ruben Diash joriy mavsum APLda 29 o'yinda qatnashib, bitta gol urgan. U kechagi uchrashuvda eng yaxshi futbolchiga ham aylandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar