Jon Stounz: "Oldinda yana 90 daqiqa bor va biz vaziyatni o'z foydamizga to'g'rilashimiz mumkin"
12 fev 2025 11:40
Yangiliklar
Jon Stounz: "Oldinda yana 90 daqiqa bor va biz vaziyatni o'z foydamizga to'g'rilashimiz mumkin"
"O'yinning so'nggi daqiqalarigacha ustunlikni saqlab turganimizga qaramay, ikki vaziyatda gol o'tkazib yuborganimiz hammamizni xafa qildi. Himoyachi sifatida bunday natija, ayniqsa, meni ko'proq achintiradi. Shubhasiz, uchrashuvlarni yaxshiroq tarzda yakuniga etkazishimiz kerak. Qiyin vaziyatlarda o'zimizni ko'rsatishimiz lozim.
"Bernabeu"ga 2:1 hisobida ustunlik bilan borish imkoniyatimiz bor edi, endi esa u erda tafovutni tenglashtirish uchun gol urishimiz talab etiladi. Hali hammasi hal bo'lgani yo'q; garchi qiyin bo'lsa-da ijobiy kayfiyatda qolishimiz kerak.
O'yinni qanday boshlaganimizga etibor bering, ustunlik bizda edi. "Real Madrid"ning ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytirishini bilar edik va ular shunday qilishdi ham. Yuz bergan voqealarning oldini olish mumkin edi, buning uchun yaxshiroq o'yin ko'rsatishimiz kerak edi. Endilikda ijobiy fikrlashda davom etishimiz va oldinga qarab intilishimiz lozim. Oldinda yana 90 daqiqa bor va biz vaziyatni o'z foydamizga to'g'rilashimiz mumkin".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar