So’nggi yangiliklar

03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  1 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  1 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  14 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  1 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  7 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  0 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   4 21:35Рўзиқул Бердиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  14 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1

Joi Barton: “O'tmishga qaytsam, barchasini o'zgartirgan bo'lardim” Yangiliklar

Joi Barton: “O'tmishga qaytsam, barchasini o'zgartirgan bo'lardim”

Teglar :  Joi Barton
Futbol olamidagi eng janjalkash shaxslardan biri sanalgan Joi Barton aksariyat ishqibozlar yoqimtoyiga aylangan.

CHunki yarim himoyachi hamisha rost so'zlashni maqul ko'radi va hech narsani yashirib o'tirmaydi. “Glazgo Reynjers” safida to'p tepayotgan futbolchi “FourFourTwo” jurnaliga intervyu berdi.

– Yosh paytingizda “Everton” siz bilan shartnomani bekor qilganda uni engib o'tishingiz qiyin bo'lganmi?
– Bu dahshatli qiyin davr bo'lgandi. Bolaligimdan “Everton”ga muxlislik qilardim. Hamisha ayvonda kezib yurib, futbolchilardan dastxat olishga urinardim. Akademiyada etti yoshdan o'n to'rt yoshgacha shug'ullanganman. SHundan keyin kimdir etarlicha katta emasligim sababli o'qishdan haydashga qaror qilgan. Gap o'yinimda emas, aynan tana tuzilishimda edi. Buni qabul qilib bo'lmaydi. Bunday holda qo'llaringni tushirib, barchasiga tan berish yoki ularning nohaqligini isbotlash lozim edi. O'ylashimcha, barchaga “Everton” rahbariyati emas, balki men haq bo'lganimni ko'rsatib bo'lganman.

– 2005 yil “Manchester Siti”da ko'rikda bo'lgan Pep Gvardiola bilan yo'lingiz kesishganmi?
– Men u bilan suhbatlashgan kam sonli futbolchilardan biri edim. O'shanda uning kimligini kamchilik bilardi. U bilan suhbat qurganimizni eslayman. Futbolga bog'langanman: uning kimligi, qanday o'ynaganini bilardim. Televizorda ko'plab o'yinlarini kuzatgandim. O'shanda undan aytishi mumkin bo'lgan hamma gapini sug'urib olishni xohlardim. SHundan buyon ko'rishmadik. Bazan unga qo'ng'iroq qilib, meni eslashi haqida so'ragim keladi. Agar meni unutgan bo'lsa, bundan ajablangan bo'lardim. Kelajakda murabbiyga aylansam, undan o'rganishni istardim. Uning “Manchester Siti”ni qabul qilishiga shubhalangandim, chunki o'z vaqtida jamoa uni rad etgandi. Pep bundan ko'prog'iga arzirdi. Ehtimol, siyosiy holatlar bunga yo'l qo'ymagandir – aniq bilmayman.


– Nima sababdan yonib turgan sigaretni “Siti”ning yosh o'yinchisi Jeymi Tendining ko'ziga tiqib olgansiz?
– SHunday bo'lib qolgan. “Siti”da butun jamoa Rojdestvo oqshomini bayram qilgan, biz ichib olgandik. Futbolda o'ziga bino qo'yganlar uchrab turadi. Bazan ular o'zini yomon tutadi, ehtiroslar junbushga keladi va keyin odamlar afsuslanadigan ishlarni amalga oshiradi. Har bir shahar markazida juma va shanba kunlari shunday voqea uchrab turadi. Istemol qilingan ichimlik shunday yomon holatlarga olib keladi. Afsuski, o'sha oqshomda shunday holat sodir bo'lgandi.

– “Manchester Siti”dagi davringizda ko'plab hodisalar yuzaga kelgan: Tailandda “Everton” muxlislari bilan to'qnashuv, mashg'ulotda Usmon Dabo bilan kelishmovchilik. Siz bevosita futbolga bog'liq bo'lmagan shunday ko'ngilsizliklar sodir bo'lganidan afsuslanmaysizmi?
– Afsuslanaman, albatta. Butun faoliyatimda shunday bo'lib kelgan. Agar o'sha paytga qayta olsam – Marti Makflay meni vaqt mashinasida tashlab kelsa, bajonidil qaytgan bo'lardim va xursandchilik bilan barchasini o'zgartirardim, biroq buni qilishning iloji yo'q. Tarixni o'zgartirib bo'lmaydi, ixtiyorimizda faqat hozir va kelajak bor. Ko'p narsalardan afsuslanaman. Bilasizmi, barcha hodisalarning sababi bo'lgan, meni tez-tez bunga majbur qilishgan. Kuch ishlatish o'rniga boshqa biror narsani tanlay olarmidim? Ha, lekin o'sha paytda bu shunchaki oson emasdi.

– Yoshligingizda o'zingizni boshqacha tutganingizda hamon “Manchester Siti” azosi sifatida qolishingiz mumkin bo'larmidi?
– To'g'risi, yo'q. O'shanda xotirjamroq bo'lsam, ishlarim yaxshi kechardi, ammo men bunday bo'lmaganman. Hayotda qilmishlarimga javob berishimga to'g'ri kelgan. “Siti”ni tark etishni istaganman. Jonimga tekkandi. Ko'p narsalarni engib o'tishga to'g'ri keldi va u erdan ketib, biror yangi narsani sinab ko'rgim keldi.

– Angliya terma jamoasi kiyinish xonasiga 2006 yilgi jahon chempionatidagi sharmandali ishtirokdan keyin kirganingizda nimani his qilgansiz? Terma jamoa azolarini mundialdan so'ng avtobiografiya chiqargani sababli tanqid qilgandingiz. Stiven Jerrard kitobiga dastxat qo'yib, eshik oldida qoldirgani rostmi?
– Ha, bu haqiqat. Stiven bilan ancha vaqtdan beri tanish edim. Uni yoki Frenk Lempardni nazarda tutmaganman. To'g'risi, men Ueyn Runi va Eshli Koul haqida gapirganman. O'shanda o'ylagandim: “Ular nima haqida yozishi mumkin?” Biroq men Jerrard va Lempard asosida shakllangan yarim himoyada o'ynaganim tufayli OAV ular to'g'risida gapirganimni etirof etgandi. Aytilgan gap aytib bo'lingandi, holat talab qilganda o'sha gaplarimdan tonmoqchi emasdim. Terma jamoada yigitlar bundan muammo yasashmadi. Jerrard ham, Lempard ham bunga etibor qaratmadi.

– Terma jamoa uchun maydonga bir marta Ispaniyaga qarshi zaxiradan maydonga tushirilgansiz. Nega Angliya uchun juda kam o'ynadingiz?
– Mamlakat sharafini himoya qilish men uchun katta faxr bo'lgandi. Xursandchilik bilan ko'proq uchrashuvlarda o'ynagan bo'lardim, biroq o'sha paytda o'zimni tutishim vaziyatni qiyinlashtirdi. Hamisha nima bilandir, o'zim bilan ham kurashardim. Endi tushunyapman: terma jamoada bir marta o'ynaganimda ham omad kulib boqqan. Bunday o'yinlarda besh daqiqadan keyin bosimga dosh bera olishingni tushunasan. Bilaman, xalqaro maydonda bemalol o'ynay olardim.

– Sem Allardays sizni Nyukaslda qamoqqa olishganda unga pand berganingizni aytgandi. Sizningcha, uning bunday deyishga haqqi bormidi?
– O'ylaymanki, ha. Unda to'liq huquq bor edi. “Nyukasl”da u bilan besh oy davomida birga ishladik. Sem men bilan shartnoma imzolagandan ikki hafta o'tgach, oyog'imni sindirib oldim. Uch oyga safdan chiqdim va shoshdim: saviyamni yo'qotdim, jarohat doim bezovta qilardi. Keyin menda pasayish boshlandi va tarkibdan chiqib qoldim. Hammasi juda yomon ko'rinish olgandi. Sem qamoqqa olinganimdan keyin menga baqirdimi? U shunchaki qila olmasdi: olti kun meni Uoltondagi turmada ushlab turishdi. U bilan telefon orqali gaplashdim, u bundan xursand emasdi. Meni qo'yib yuborishib, maydonga qaytganimda barchasini tuzatishni xohlagandim, biroq Mayk Eshli uni bo'shatishga qaror qildi.

– Turmadagi davrda eng qiyini nima bo'lgandi? Yaxshi narsa ham bormidi?
– Sendan ozodlikni tortib olishganini tushungan birinchi tuning eng qiyini. Buni qabul qilish oson emas. O'zingdan afsuslanish, boshqalarni ayblash, qilmishlaringni oqlash? Yoki bu boshqa takrorlanmasligi haqida o'ylaysan. O'zim uchun saboq chiqarib, kelajakda bunday xatolarni qaytarmaslikka qaror qildim. Turmadagi vaqtdan imkon qadar unumli foydalanishga harakat qildim. Buni amalga oshirdim.


– “KPR” o'rniga “Arsenal”ga o'tishingiz mumkin bo'lganmi? Arsen Venger bilan suhbatlashganmisiz?
– Yo'q, o'rtakashlar orqali gaplashganmiz. To'g'risi, ular juda kuchsiz qiziqish bildirishgan, yakunda kelishuv amalga oshmadi. “Arsenal”da o'ynashni xohlarmidim? Albatta. Kim buni istamaydi?

– “Manchester Siti” Premer-ligani yutganda yarim jamoaga qarshi tashlanib, nimalar haqida o'ylagansiz?
– Birinchi o'rinda bizga “KPR” zarur natijaga erishib, ligada qolishi kerak edi. Biz hisobni tenglashtirdik va bir holatda Teves yuzimga zarba berishga urindi. Men o'rnimdan turdim va Mayk Din ham, yordamchilar ham hech narsani ko'rishmaganini tushundim. Bu qattiq tasir qildi. Adolatni tiklashni xohladim va unga javob qaytardim. Buni qilishim kerak emasdi. Biroq men shunchaki hisobni tenglashtirdim. U Teves foydasiga 1:0 edi, tirsagimdan keyin 1:1 bo'ldi. Faqat shu safar yordamchi hakam ko'rdi va meni maydondan chetlatishga qaror qildi. U men bilan birga “Siti”ning biror o'yinchisini chetlatishi lozim edi, shunda jamoa Premer-ligada qolardi. O'shanda bunga aralashishim kerak bo'lmagandi. Tevesga javob qaytarmasam, keyinchalik futbol associaciyasi unga chora qo'llardi.

– Franciyada bir mavsum o'ynadingiz. Ingliz futbolchilari xorijda ko'proq to'p tepishlari kerakmi?
– Premer-liga klublarining moliyaviy imkoniyatini hisobga olsak, bu oson emas. Lekin eng yaxshi futbolchilar xorijda ham bundan kam olishmasdi. Garet Beyl yaxshiroq o'ynashni boshladimi? Albatta. Meni “Marsel”da juda iliq qabul qilishgan va o'sha mavsumni unutmayman.

– Zlatan Ibragimovichni “PSJ” bilan uchrashuvda uni haqorat qilganingizda jahli chiqqanmi?
– Qaerdan bilaman – undan so'rang, endi u Premer-ligada o'ynayapti! Bunday holatlar maydonda doim yuz beradi. Balki, bunday ochiq emasdir. Afsuski, kameralar meni jahlim chiqqan paytda tutishdi. Men shunchaki vaziyatga baho berdim. Ibragimovichning burni katta.

– “Bernli”da ajoyib mavsum o'tkazib, jamoaga yuqoriga ko'tarilishga yordam berdingiz? Nega Premer-ligada yana bir yil qolmasdan “Reynjers”ga o'tdingiz?
– “Bernli” muxlislari jamoada menga qanchalik yaxshi bo'lganini bilishadi. CHempionshipni yutdik, jamoa ajoyib edi. SHon Daych – birinchi sifatli murabbiy. Ammo bazi takliflardan bosh tortib bo'lmaydi, aks holda umring oxirigacha afsuslanasan. Bu “Reynjers”ni shotland futboli cho'qqisiga qaytarish uchun imkoniyat, shaxsiy faoliyatingdan ko'ra ko'proq narsaning bir qismiga aylanishdir. Bu hayotimdagi eng qiyin qarorlardan biriga aylandi.

– “Seltik” uchun hamon muxlislik qilasizmi?
– Qachondir bu klub ishqibozi bo'lganman deb aytolmayman. “Everton”ga muxlislik qilib ulg'aydim. Hech qachon ikki jamoani qo'llab-quvvatlaydigan ishqibozni uchratmaganman. Buvim katolik edi va shu sababli atrofingdagi insonlardan kelib chiqib, bir tomonni tanlaysan. “Seltik” va “Reynjers” to'qnashuvi deyarli “Barsa” va “Real” bahsiga teng. Biroq bunday narsalar odamlarni birinchi o'yingacha bezovta qiladi. Keyin kim tomonida ekaningni barcha ko'radi.

– Yoqtirgan faylasufingiz kim? Eshli Barnsdan tashqari, albatta.
– Ha, Eshli o'sha faylasuf. Epikurni tanlagan bo'lardim. Diplom ishi yozganimda Epikur meni o'ziga tortdi. Unda hech qanday dunyoviy faylasufcha qarashlar bo'lmagan. U faqat yagona to'g'ri yo'l yo'qligi, hamma narsaga kalit qaysidir atrofda bo'lishini gapirgan. Faylasuflik – ajoyib fan, uni maktabda o'qitish lozim. U bolalarga o'rgatiladigan bazi axmoqliklardan muhimroq. Faylasuflik tushunish sanatini o'rgatadi. Aniq narsa bor va sen u haqida fikr qilishdan avval unga turli tomondan qarashga urinasan. Agar odamlar ko'proq shunday qilgan taqdirda aqlli qarorlar ko'payardi va olam yaxshiroq bo'lardi.

– Siyosat bilan shug'ullanishni rejalashtirmayapsizmi?
– Yo'q. Nega kerak? Oddiy xodimdek maosh olib, superyulduzlar singari jamoat bosimini his qilish uchunmi? Superyulduzlar maoshi uchun bunday ishga tayyorman, ammo oddiy xodimlar maoshi bilan emas. Bu qiziq kasb va meni u tarafga hech narsa tortmaydi. Bazida ularga qarayman va o'ylayman: “Sizlarga omad, yigitlar”.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика