Joau Mariu - "Benfika" o'yinchisi
13 iyu 2021 18:47
Yangiliklar
Joau Mariu - "Benfika" o'yinchisi
"Inter" sobiq yarim himoyachisi Joau Mariu Portugaliya chempionatiga qaytdi.
28 yoshli futbolchi Lissabonning "Benfika" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xavbekning "burgutlar" bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan. "Benfika" Mariuni tekinga qo'lga kiritdi, sababi iyun so'nggida uning klub bilan tuzgan shartnomasi yakunlangandi.
Futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida "Sporting" (Lissabon)da o'tkazdi. Mariu chempionat doirasida 28ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar