Joau Kanselu: "Orzuimga etishish uchun "Siti" ajoyib joy"
08 avg 2019 20:35
Yangiliklar


Joau Kanselu: "Orzuimga etishish uchun "Siti" ajoyib joy"
"Manchester Siti" himoyachisi Joau Kanselu transferdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bernardu Silva bilan bir necha marta gaplashdim va u menga "Siti" ajoyib jamoa, uning uslubi juda yaxshi va yanada rivojlanish uchun qulay variantligini aytdi. Men uchun APL eng kuchli chempionat. Bu erda debyut qilishimni sabrsizlik bilan kutyapman. O'yin atmosferasi va stadionlari menga yoqadi. O'ng qanot himoyachisiman va bu poziciyada Kayl Uoker bilan raqobat qilishimga to'g'ri keladi. Albatta raqobat yanada o'sish uchun yordam beradi. Orzuim eng yaxshi o'ng qanot himoyachisi bo'lish va "Siti" buning uchun ajoyib joy", - deydi Kanselu.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar