Joau Felish: "Katta klublarda o'ynashni orzu qilaman"
22 mar 2019 19:46
Yangiliklar


Joau Felish: "Katta klublarda o'ynashni orzu qilaman"
"Benfika" hujumkor yarim himoyachisi Joau Felish hozircha jamoadan ketish haqida o'ylamayapti.
"Hozir faqat "Benfika" haqida o'ylayapman. Oldinda mavsum yakuni va sovrin uchun og'ir kurash turibdi.
Top-chempionatlardagi katta klublarda o'ynashni orzu qilaman. Lekin, men shu erdaman va hamma narsa meni qoniqtiradi. Men "Benfika"ni ham top-klub deb hisoblayman", - dedi Felish.
Oldinroq, 19 yoshli o'yinchiga "Real", "Barselona", "Atletiko", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Yuventus", "Milan" va "Borussiya" qiziqayotgani malum qilingan edi.
Futbolchining tovon puli 120 million evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar