Joan Laporta nima sababdan Xavini olib qolishni maqsad qilgani malum
03 apr 2024 10:36
Yangiliklar
Joan Laporta nima sababdan Xavini olib qolishni maqsad qilgani malum
Barselona prezidenti Joan Laporta Xavini jamoada olib qolish uchun maksimal harakat qilmoqda.
Prezident 44 yoshli mutaxassis bilan mavsum yakunidan so'ng yaxshilab gaplashib olmoqchi va u bilan uzoq yilga mo'ljallagan reja tuzishni maqsad qilgan.
Laporta Xavini «Barselona»da qoldirishni istayotganini asosiy sabablari sifatida yoshlar bilan sifatli ishlashi, yoshi katta futbolchilar orasida obro'si kattaligi va qiyin moliyaviy muammolar davrida ham ajoyib ishlayotgani keltirilgan.
Xavi «Barselona»ni 2021 yilning noyabridan beri boshqarib kelmoqda. Uning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilda yakunlanadi. Biroq mutaxassis yanvar oyida mavsum yakunidan so'ng jamoani tark etishini malum qilgan.
Xavi «Barselona» bilan Ispaniya chempionligi va Superkubogini qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar