Joan Laporta: "Grizmannga qiziqishlar bor. Biz ularning barchasini ko'rib chiqamiz"
23 iyu 2021 02:16
Yangiliklar


Joan Laporta: "Grizmannga qiziqishlar bor. Biz ularning barchasini ko'rib chiqamiz"
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Antuan Grizmanning kelajagi haqida gapirdi.
"U "Barsa" o'yinchisi. Uning biz bilan shartnomasi bor. Transferlar bozorida esa unga bo'lgan qiziqish etarlicha. Bu uning yuqori darajadagi futbolchi ekanligini anglatadi. Umuman olganda Grizmann va klub o'rtasida barchasi ajoyib. U bilan hech qanday muammo yo'q.
Grizmanning klubga kelishi ham juda foydali bo'lgan. Biz uning faoliyatidan mamnunmiz. Ammo, har qanday holatga tayyor turishimiz kerak. Grizmannga bo'layotgan takliflarning moliyaviy taraflariga ahamiyat beramiz. Agar arzigulik takliflar bo'lsa, biz ularni barchasini ko'rib chiqamiz. Faqatgina, "Barselona"ning zarariga ishlamaydigan holda", -dedi Joan Laporta.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar