So’nggi yangiliklar

11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  0 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  1 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  1 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  9 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  3 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  3 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   4 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мария терма жамоа билан хайрлашди  4 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  3 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  28 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  7 01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  8 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  4 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  13

Jizzaxda bolalar futboli, o'tgan yilgi viloyat Superkubok bahsidagi janjal haqida - viloyat futbol associaciyasi 1-vice prezidenti bilan suhbat Yangiliklar

Jizzaxda bolalar futboli, o'tgan yilgi viloyat Superkubok bahsidagi janjal haqida - viloyat futbol associaciyasi 1-vice prezidenti bilan suhbat

Teglar :  Jizzax viloyati
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5887-sonli Farmoni yuzasidan viloyatlarda qator ishlar olib borilmoqda.

 Biz Jizzax futbol associaciyasining ish faoliyati bilan yaqindan tanishishga va viloyatda bolalar va katta futbolga hamda hakamlik sohasida bo'layotgan ishlar yuzasidan Jizzax futbol associaciyasi 1-vice prezidenti Anvar Musulmonov bilan suhbatlashdik.

- Viloyatda futbolni rivoji uchun qanday ishlar olib borilmoqda?


- Viloyatimizda futbolni rivojlantirish yuzasidan viloyat futbol associaciyasi va sport boshqarmasi bilan kelishilgan holda I-BO'SM va BO'SMlarning tumanlardagi vakillari bilan yig'ilish o'tkazildi. Undan tashqari viloyatimizdagi 70 dan ortiq murabbiylar uchun seminarlar o'tkazdik. Seminarda Prezidentimizning farmoni bo'yicha malumot va tushintirishlar berdik. Ularga ish rejalar berganmiz va har oyning oxirida qilingan ishlar yuzasidan viloyat futbol associaciyasi va sport boshqarmasiga oylik tahliliy hisobotlarini berishadi.

- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4-dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5887-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan viloyatda nimalar qilinmoqda?


- Yuqorida aytganimdek yig'ilish o'tkazgandan so'ng joylarda futbolsevar bolalar o'rtasida musobaqalar tashkil etilmoqda. Masalan, 29 fevral - 1 mart kunlari Arnasoy tumanida 2007 yilda tug'ilgan bolalar bo'yicha musobaqalar o'tkazildi. Va undan tashqari avvalroq 2008 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida G'allaorol tumanida, 2006 yillar o'rtasida Baxmal tumanida va 2005 yilda tug'ilganlar o'rtasida Zarbdor tumanida musobaqalar o'tkazildi. Turnirlar tashkil etishdan maqsad kelajakda viloyatimizdagi futbol akademiyasiga bolalarni saralab olish. Saralashlar bo'yicha ham har bir musobaqaga maxsus murabbiylar, selekcionerlar jalb qilingan.

- Viloyatda nechta BO'SM bor? Ularda futbolga bo'lgan etibor qay darajada? Va umuman bolalar futboli haqida to'xtalsangiz...


- Bizning viloyatimizda 13 ta futbol maktabi bor bo'lsa, shundan 12 tasi BO'SM va bittasi I-BO'SM mavjud. Maktablarda futbolga bo'lgan etibor hozirgi kunda ancha yaxshi darajada. Avvalgi paytlar bu maktablar biroz etibordan chetta qolib ketgandi. Bolalarini futbolga oshno qilishni istagan ota-onalar soni ham kundan-kunga ko'paymoqda. Har bir musobaqada rag'batlantiramiz va albatta mana shu taraflama ham bolalarimizda ishtiyoq anchagina oshgan. Bir oyda ikki marotoba bizda "zbor" bo'lib o'tadi va saralashlardan o'tgan yoshlar akadamiyaga qabul qilinadi.


- Viloyatda qancha futbolsevar yoshlar shu sport turi bilan shug'ullanmoqda? Iloji bo'lsa raqamlarni keltirsangiz...


- Bizning viloyatda futbolsevar bolalar hozirgi kunda 14000 ga yaqin. Bu raqamlar kundan-kunga ortib bormoqda.

- Prezidentimiz farmoniga ko'ra, BO'SMlar negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablari va BO'SMlari tashkil etilishi yuzasidan viloyatda ishlar bo'lyaptimi?


- Yuqorida akademiya haqida aytib o'tdim. Bu akademiya viloyatimizda yagona akademiya sanaladi. Hozirgi kunda bu "Futbol mahorat maktabi" deb ataladi. Bu maktab to'liq yangicha talqinda ish yuritmoqda. Biz sport boshqarmasi bilan birgalikda yangi maktabda futbol uchun jihozlar bilan taminladik. Hozirgi vaqtda biz u erda futbol maydonini sug'orish masalasida ish olib boryapmiz. Qolgan barcha jihozlar maktab uchun tayyor va maktab ham to'liq tamirdan chiqqan.

- O'tgan yilning dekabr oyida "Jizzax BARS" va "Zafar" jamoalari o'rtasidagi Superkubok bahsida janjalli holat yuzaga kelgan edi va bunda "Zafar" jamoasi chetlatilgandi. Bu nima bilan bog'liq? SHu xususda aytsangiz...

- Bu bahs o'tgan yili Superkubok bahsida yuzaga kelgandi. Zafarabod tumanining "Zafar" jamoasi viloyat kubogini qo'lga kiritgan, viloyatimizdagi chempionatda esa "Jizzax BARS" jamoasi g'olib bo'lgandi. Har yili o'tkazib kelayotganimiz Superkubok finalida ikki jamoa o'rtasida bo'lgandi. O'yin davomida "Zafar" jamoasini futbolchisi raqib futbolchisiga qarshi juda qo'pol harakat qilgandi va hakamlar tomonidan ushbu holatga qizil kartochka berilgan. SHundan so'ng ham hakamlarga nisbatan qizil kartochka berilgani sabab kelishmovchilik ham yuzaga kelgandi. O'sha o'yin qoldirilgan, "Zafar" jamoasi ogohlantirilib, malum vaqtga jamoa musobaqalardan chetlatildi.

- Jizzax viloyatidagi ayrim jamoalar O'FAga borib hakamlar haqida etirozlar bildirishgan. Bu holatni qanday izohlaysiz? Umuman viloyatda hakamlik qay darajada va hakamlar bilan qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Deylik, ularning mahoratini oshirish bo'yicha yoki boshqa...

- O'tgan yilda ayrim hakamlar bo'yicha etirozlar bo'lgani rost. Viloyatimizda asosan yosh hakamlar bor. Hozirgi vaqtda har oyning oxirgi kunida mutaxassis hakamlar tomonidan seminarlar o'tkazilib kelinmoqda. Bir qator mutaxassislar, jumladan SHavkat Fayziev va SHuhrat Karimovlar hakamlar mahoratini oshirish yuzasidan seminarlarda qatnashishadi. Hakamlarimizni Toshkent shahrida o'qishga ham yuborishni boshlab yuborganmiz. Ikkita qanot hakamimiz o'qishni tamomlagan va Pro ligada ishlash yo'llanmasini oldi.

Og'abek Samisov suhbatlashdi

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика