So’nggi yangiliklar

00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  2 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  1 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  41 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  33 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  3

"Jiyanov o'zimizda qoladigan bo'ldi, Hamralievga ruxsat berdim" - Timur Kapadze "Olimpik"dagi o'zgarishlar haqida nimalar dedi? Yangiliklar

"Jiyanov o'zimizda qoladigan bo'ldi, Hamralievga ruxsat berdim" - Timur Kapadze "Olimpik"dagi o'zgarishlar haqida nimalar dedi?

"Olimpik" jamoasi BAAdagi yig'indan so'ng Toshkentda qisqa yig'in tashkil qildi.

Jamoa azolari ertaga navbatdagi xorij yig'ini uchun Turkiyaning Antaliya shahriga yo'l oladi. Xabaringiz bor, so'nggi vaqtlarda "Olimpik" tarkibidagi o'zgarishlar tez-tez qulog'imizga chalinmoqda. Bu borada bosh murabbiy Timur Kapadzening fikrlari bilan qiziqdik. 

- Timur aka, dastlab Toshkentda olib borilayotgan yig'in xususida fikrlaringiz. SHaroitlar nisbatan qiyinchilik tug'dirmayaptimi?

- Ayni paytdagi sharoitdan kelib chiqib "CHig'atoy" maydonida shug'ullanmoqdamiz. Tabiiy maydonga baribir etmaydi. Nafaqat biz, balki ko'p jamoalar maydon bilan bog'liq muammolarga uchramoqda. Ko'p faktorlar rol o'ynamoqda. Bir mahal shug'ullanyapmiz. Ertaga Turkiya yig'iniga ketamiz. Bungacha dekabr oyida Turkiyada, yaqinda amirliklarda yig'in o'tkazgandik. U erda ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazish uchun hamma narsa bor. Turli mamlakat jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushamiz. Kamchiliklarni ko'rib xulosa chiqaramiz. 

- Tarkibdagi o'zgarishlar

- Ketgan futbolchilar ham bor. Kimdadir takliflar bo'ldi, yana kimdadir o'yin amaliyoti etarli emasligi uchun qo'yib yubordim. Bizda jarayon ketyapti. Ularning o'rniga 7 yangi bola kelgan. Imkoniyatlarini ko'raman. Ketgan futbolchilar o'ynasa terma jamoaga foyda. "Olimpik" yig'ilganda ham aytgandim maqsadimiz asosiy tarkibga tusha olmagan futbolchilarni yaxshi darajaga chiqarish. Ko'p futbolchilarga takliflar bor. Bu katta plyus. Hali tayyorgarlik ko'ryapmiz. Ruslan Jiyanov borasida taklif bilan chiqishdi. U o'zimizda qoladigan bo'lyapti. Nazarovga kelsak, u o'yin amaliyoti yaratiladi. Bu erda boshqalarga imkon beramiz. Hamralievga "Paxtakor"dan chorlov oldik. Boshida o'ylanib, keyin rozilik berdim. Uning o'rnida yana bir futbolchini o'ynatmoqdaman. Odil Abdumajidovni chaqirdim. Futbolchilarim yaxshi jamoada o'ynasa raqobat oshadi. Talablarimni biladi, terma jamoaga kelsa ham tezda qo'shilib ketadi. Asosiy tarkibda joy kafolatlanmagan. Raqobatda yutgani o'ynaydi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика