So’nggi yangiliklar

20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  29 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  9 20:00Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  3 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  3 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  11 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0

Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha sinovlar topshirishni "Olmaliq" boshlab berdi Yangiliklar

Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha sinovlar topshirishni "Olmaliq" boshlab berdi

Superliga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib borilishi haqida avval xabar berib o'tgandik.

Mazkur test-sinovlari tizimi O'zbekiston Futbol Federaciyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, tasdiqlangan reja asosida mavsum davomida uch marotaba o'tkazilishi rejalashtirilgan.

SHuni ham takidlash kerakki, klub futbolchilarini bu kabi test-sinovlaridan o'tkazish o'zbek futbolida ilk marta amalga oshirilmoqda. Bu chora-tadbirlar futbolchilar jismoniy holatini yaxshilashga, shu orqali terma jamoalarga kuchli futbolchilarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Superliga klublari futbolchilaridan quyidagi test-sinovlari olinmoqda:

1. 30 metrga yugurish
2. Turgan joyidan uzunlikka sakrash
3. 7x50 metrga yugurish
4. "Yo-Yo" test (Yo-yo test har 20 metrda joylashgan fishkalar oralig'ida signal bo'yicha yugurish mashqlari)

Kechada "Olmaliq" jamoasi futbolchilari jismoniy tayyorgarlik bo'yicha sinovlar topshirdi. Qolgan jamoalar quyidagi jadval bo'yicha test-sinovlardan o'tishadi:
"Mashal" - 20.12.2017
"Qo'qon-1912" - 21.12.2017
"Navbahor" - 22.12.2017
"Cementchi" - 23.12.2017
"Metallurg" - 25.12.2017
"Buxoro" - 25.12.2017
"Paxtakor" - 26.12.2017
"Bunyodkor" - 26.12.2017
"Qizilqum" - 27.12.2017
"Nasaf" - 28.12.2017
"Lokomotiv" - 29.12.2017

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика