Jiru Zidanni ortda qoldirdi

10 sen 2018, 09:25
Kecha, 9 sentyabr kuni UEFA Millatlar ligasi doirasida Fransiya terma jamoasi Gollandiyani 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvning 74-daqiqasida Olive Jiru Fransiyaga g'alaba keltirgan golga mualliflik qildi. Mazkur gol “Chelsi” a'zosi uchun Fransiya termasidagi 32-si bo'ldi. Shu tariqa Jiru terma jamoa to'purarlari ro'yxatida Zinedin Zidandan o'zib ketdi va 4-o'ringa ko'tarilib oldi. Terma jamoa to'purarlari reytingini Terri Anri boshqarib bormoqda. Uning hisobida 51 ta gol bor. 2-o'rinda 41 gol bilan Mishel Platini, 3-o'rinda esa 34 ta gol gol bilan David Trezege bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: OptaJoe