"Jirona" prezidenti va Gvardiolaning ukasi: "Barselona" o'z sovrinlarini to'g'ri yo'l bilan yutgan"
10 apr 2023 22:20
Yangiliklar
"Jirona" prezidenti va Gvardiolaning ukasi: "Barselona" o'z sovrinlarini to'g'ri yo'l bilan yutgan"
"Jirona" prezidenti Pere Gvardiolaning fikricha, Negreyra ishi "puflangan shar"ga o'xshaydi.
Oldinroq, Kataloniya klubi 2016-2018 yillarda o'sh apayt hakamlar qo'mitasi vice-prezidenti bo'lgan Xose Mariya Enrikes Negreyrega 1,4 mln. evro o'tkazib bergani aytilgan edi. Klubdagilar bu to'lov yosh futbolchilar hisoboti va hakamlik uchun amalga oshirilgan deyishdi. Keyin "Barselona" Negreyrega 2003 yildan beri umumiy 4,7 mln. evro to'lagani malum bo'ldi.
"Biz tekshiruv ishlarini o'tkazib, nima sodir bo'lganini aniqlashimiz kerak. Bu ish uchun uzoq vaqt davomida pul to'langani g'alati.
Madriddagilar ushbu vaziyatdan maksimal foyda chiqarish uchun hamma ishni qilishmoqda. Bu ishning o'z ustalari bor. Men bilgan yagona narsa, "Barselona" barcha sovrinlarni to'g'ri yo'l bilan yutgan" - deydi Pep Gvardiolaning ukasi.
Fikrlar