Jinyak "yo'lbarslar" bilan shartnomasini uzaytirdi
27 fev 2021 22:20
Yangiliklar


Jinyak "yo'lbarslar" bilan shartnomasini uzaytirdi
Franciya terma jamoasi sobiq hujumchisi Andre-Per Jinyak Meksikaning "Tigres" klubi bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda Meksika klubi xabar berdi.
35 yoshli futbolchining klub bilan yangi shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Jinyak "Tigres" safida 2015 yilning yozidan beri o'ynab kelmoqda. Franciyalik hujumchi Meksika klubi tarkibida 250 uchrashuvda qatnashib, 147 ta gol urgan. U "Tigres" bilan 4 marta (2015, 2016, 2017, 2019) Meksika chempioniga aylangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar