So’nggi yangiliklar

20:25Opta "Арсенал" АПЛни қўлга киритиш эҳтимоллиги ҳисоблаб чиқди  0 20:05U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 - 3:1 (матнли трансляция)  41 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  1 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6

Jeymi Vardi. U hali yana qanday rekordlarni yangilashi mumkin? Yangiliklar

Jeymi Vardi. U hali yana qanday rekordlarni yangilashi mumkin?

Teglar :  VardiRekordLester
Diqqat markazimizda yana Vardi! O'tgan hafta ketma-ket gol kiritish bo'yicha rekord o'rnatgan hujumchi yana qanday rekordlarni yangilashi mumkin?

"Lester" hujumchisi qisqa davr ichida futbol olamini o'ziga qarata oldi. Uning 5 yil oldin havaskor futbolchi sifatida o'ynagani, haftasiga 30 funt maosh olgani va boshqa bir qancha hodisalar Gollivud rejissyori Adriana Buchartning ham diqqatini o'ziga tortmay qolmadi.

"Jeymining tarixi - film uchun ajoyib syujet! Uni qilayotgan ishlariga ishonish qiyin. Aql bovar qilmaydi", - deydi Buchart. Bir necha yil oldin u "Gol!" filmiga prodyuserlik qilgandi. O'ylab topilgan qahramon - Santyago Munes esingizdami? U Vardi haqidagi film ham mana shunday muvaffaqiyatga erishishi mumkin deb hisoblaydi. Uning fikricha, Robert Pattinson yoki Endryu Garfild Vardi roliga mos keladi.


Demak, mavzuga qaytsak. "Lester" futbolchisi yana qanday rekordlarni qayd etishi mumkin?

- Agar Jeymi shu hafta "Suonsi"ga qarshi o'yinda ham gol kirita olsa Jimmi Danning rekordini takrorlaydi. Irlandiyalik futbolchi 1931/32 yilgi mavsumda Angliya chempionatining ketma-ket 12 ta o'yinida gol kiritgan. ("SHeffild Yunayted" safida).



- Ingliz futbolida ketma-ket 15 ta o'yinda gol kiritgan futbolchi ham bor ekan. 1950/51yilgi mavsumda "Blekpul" futbolchisi Sten Mortensen mana shunday natijani qayd etgan. Biroq u ushbu seriya davomida jarohati sababli ikkita o'yinni o'tkazib yuborgan. Aytgancha, ozgina jarohati bor vardi hozir ukollar yordamida bo'lsa ham o'yinlar o'tkazmoqda. Hech qaysi o'yinni o'tkazib yuborgani yo'q.

- Robin van Persi esa 2011 yilning yanvaridan may oyiga qadar APLning 9 ta safar o'yinlarida gol kiritgan. Vardi esa ayni paytda 6 ta safar o'yinida ketma-ket gol kiritgan. Oldinda esa Suonsi, Everton, Liverpul va Tottenxemga qarshi o'yinlar kutib turibdi. Bir qarasa yangilasa bo'ladigan rekord. SHunday emasmi?


- Yana o'sha van Persining o'zi (2011/12) va "Arsenal"ning boshqa bir futbolchisi Ian Raytlar (1996/97) bir mavsum davomida APLning 20 ta jamoasidan 17 tasi darvozasiga gol kiritishni uddasidan chiqqanlar. Qahramonimiz hisobida esa hozircha 12 ta jamoa bor. U ushbu mavsumda hozirgacha Sanderlend, Bornmut, Aston Villa, Stok Siti, Arsenal, Norvich, Sautgempton, Kristal Peles, Vest Bromvich, Uotford, Nyukasl va Manchester Yunayted darvozabonlarini ranjitishga ulgurdi.


- Jeymi shuningdek, bir necha yillardan so'ng Teddi SHeringemni rekordini ham yangilashi mumkin ekan. Mashhur hujumchi APLdagi yoshi eng katta bo'lgan gol muallifi hisoblanadi (40 yosh 268 kun). Vardining yoshi esa hozir 28 da. Demak, hali vaqt bor.


- Alan SHirer, Ronaldu va Suareslarning rekordlarini yangilash uchun (mavsumni 31 ta gol bilan yakunlash) "Lester" hujumchisi kamida mana shu tempda davom etishi kerak bo'ladi. Hozircha uning hisobida 14 ta gol bor.

Afsonaviy Rayan Giggzning natijasini takrorlash esa juda juda katta ehtimol bilan Vardini qo'lidan kelmaydi. Uelslik futbolchi APLda 21 mavsum davomida ketma-ket gol kiritgan futbolchi hisoblanadi. Buning uchun Vardi 49 yoshgacha futbol o'ynashi kerak bo'lar ekan :)

- Vardida shuningdek "Lester" tarixiga o'z ism-sharifini yorqin harflar bilan bitib qo'yish imkoniyati bor. Ushbu klubning hali hech qaysi futbolchisi mavsum yakunlariga ko'ra "Eng yaxshi futbolchi" deb topilmagan.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика