Jeymi Vardi: Ranerining ketishida men aybdor emasman
26 fev 2017 09:26
Yangiliklar
Jeymi Vardi: Ranerining ketishida men aybdor emasman
Lester hujumchisi Jeymi Vardi jamoa azolari Klaudio Ranerini haydash uchun rahbariyat bilan uchrashishganini rad qildi.
Men doim Klaudio Ranerini qattiq hurmat qilaman. Birgalikda erishgan narsamiz shunchaki g'aroyib. Ko'pchilik menga ishonmaganida Klaudio menga ishondi.
Uning ishdan ketishida mening aybim borligi aytilmoqda, ammo bu yolg'on.
Bunga sabab bitta edi - yomon natijalar, buni hamma tushunib turibdi. Vaziyatni o'nglash uchun borimizni beramiz.
Klaudioga kelajakda faqat omad tilayman. Barchasi uchun katta rahmat, – deb yozadi Vardi instagramdagi sahifasida.
Fikrlar