Jeymi Karrager: “Ronalduga doim Messidan keyin ikkinchi darajali futbolchi sifatida qarashadi”
27 mar 2020 22:59
Yangiliklar
Jeymi Karrager: “Ronalduga doim Messidan keyin ikkinchi darajali futbolchi sifatida qarashadi”
“Liverpul” sobiq futbolchisi Jeymi Karrager hujumchi Krishtianu Ronaldu “Real”dan “Yuventus” ko'chib o'tishiga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“O'ylashimcha, u Messiga nisbatan o'ziga ko'proq etiborni qaratish uchun Madriddan Turinga ko'chib o'tdi. U har doim unga Messidan keyingi ikkinchi futbolchi sifatida qarashlarini yaxshi tushunadi.
Fikrimcha, Ronaldu Messi amalga oshirgan ishni boshqacha yo'l bilan ko'rsatishga intilmoqda.
Barezi yoki Maldini butun faoliyatini “Milan”da o'tkazishgani uchun ularni yomon himoyachi deb hisoblamayman.
SHu sababli mening fikrlarim ham “Barselona”ni nima uchun tark etmayapti, degan fikrdagi insonlarning fikrlariga taaluqli emas. Umuman olganda, “Barselona”ni nima uchun tark etish kerak?” deydi Karrager.
O’xshash yangiliklar
01:47
Millatlar ligasi. Ronaldu 900-golini urgan o'yinda Portugaliyadan g'alaba va boshqa natijalar 8
Fikrlar