So’nggi yangiliklar

21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  0 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  0 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  4 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  91 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  1 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19

Jeydon Sanchoning "Borussiya"ga xayrlashuv maktubi Yangiliklar

Jeydon Sanchoning "Borussiya"ga xayrlashuv maktubi

Angliyalik futbolchi "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzoladi.

Bu xabarni yozish men uchun juda og'ir. Avvalo Dortmundning "Borussiya"siga menga qilgan barcha yaxshiliklari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ular kattalar singari tajribasi bo'lmagan 17 yoshli yigitchaga ishonch bildira olishdi. Ushbu afsonaviy klubga bo'lgan muhabbatimni hech narsa bilan o'lchab bo'lmaydi. Stadionga ilk bora kirganimda, o'zimni uyimdagidek his qildim. Keyinchalik "Borussiya"ga o'tish uchun to'g'ri qaror qabul qilganimni angladim. Klub bilan aloqador bo'lganlarning barchasi meni bag'rini ochib kutib olishdi. Germaniyaga ko'chib o'tish nafaqat futbolga, balki yangi turmush tarzi va yangi madaniyatga moslashishni taqozo etardi.


Bazilar Buyuk Britaniyani 17 yoshda tark etish katta tavakkal deb o'ylashdi, chunki men nafaqat chet elda o'ynashim, balki o'z uyim va oilamni tark etishim kerak edi. Men har doim o'z istedodimni dunyo miqyosida namoyish etishni xohlar edim va "Borussiya" menga bunday imkoniyatni yaratdi, buning uchun men ulardan doimo minnatdorman. Barcha xodimlarga, murabbiylarga, umuman klubda ishlaydigan barchaga klubda menga g'amxo'rlik qilganingiz uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Barchangizni juda sog'inaman.

"Borussiya" futbolchisi bilan bir maydonda o'ynash men uchun sharaf. Iqtidorli futbolchilardan ko'p narsalarni o'rgandim. Yaxshiroq o'yinchi bo'lishimga va futbolni yuqori darajada tushunishiga yordam berganingiz uchun tashakkur.

Siz kichkina bolakayning orzusini amalga oshirdingiz. Meni bugungi darajaga olib chiqdingiz. Bu yoshimda juda tez tajriba orttirdim va tarixiy marralarni zabt etdim. Ushbu klub menga har bir bola orzu qiladigan CHempionlar Ligasida o'ynash imkoniyatini berdi. "Borussiya" menga ham o'z terma jamoam uchun o'ynash imkoniyatini berdi. Men bu klubdan juda katta qarzdorman. Sizga rahmat. Germaniya kubogi finalida g'alaba qozonish "Borussiya"dagi faoliyatim uchun ajoyib yakun bo'ldi.


Dortmund har doim mening bir qismim bo'lib qoladi va men uni har doim sog'inaman, yaxshi ko'raman hamda klubga, jamoaning barcha azolariga va ayniqsa meni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildirib qolaman. Umid qilamanki, ushbu qarorimni to'g'ri qabul qilasiz. Do'stlikning eng chiroyli qismi bu tushunishdir.

"Borussiya"ga katta rahmat!

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика