Jeydon Sancho Angliya futboli tarixiga kirdi
23 mar 2019 07:59
Yangiliklar


Jeydon Sancho Angliya futboli tarixiga kirdi
Jeydon kecha Evro-2020 saralashidan o'rin olgan CHexiyaga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshladi.
Sancho shu tariqa Angliya terma jamoasi safida rasmiy o'yinni asosiy tarkibda boshlagan eng yosh uchinchi raqamli o'yinchi bo'ldi. U kecha maydonga tushgan vaqtda 18 yosh 362 kunlik edi.
Sanchodan oldinda Dankan Edvards (18 yosh 183 kunlik, 1955 yil) va Maykl Ouen (18 yosh 300 kunlik, 1998 yil) bu borada yaxshiroq ko'rsatkichga ega bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar