Jessi Lingard A Ceriyaga ko'chib o'tishi mumkin
03 iyu 2020 09:50
Yangiliklar
“Manchester Yunayted” azosi Jessi Lingard faoliyatini Italiyada davom ettirishga qarshi emas. Futbolchi ayni damda sobiq jamoadoshlariga aylangan, Eshli Yang (“Inter”) hamda Kris Smolling (“Roma”, ijara) bilan doimiy aloqada bo'lib turibdi. Ular bilan suhbatlar Lingardni ham A Ceriyaga ko'chib o'tishga undagan bo'lishi mumkinligi aytilmoqda.
Lingard avvalroq joriy mavsumda “o'zida bo'lmaganligini” qayd etgandi. So'nggi xabarlarga ko'ra, Jessining xizmatlariga “Roma” va “Atletiko”dan qiziqish bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar