Jerrard "Liverpul"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
11 may 2022 08:40
Yangiliklar
Jerrard "Liverpul"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
"Aston Villa" bosh murabbiyi Stiven Jerrard "Liverpul"ga qarshi bahsdan so'ng (1:2) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Vaqti-vaqti bilan biz sifatli futbol namoyish qilib turdik. O'tkazib yuborilgan gollardan hafaman. To'p bilan va to'psiz o'ynash haqida gapirsak, men yigitlardan ko'p narsa so'ray olmayman. Biz barqaror bo'lishimiz lozim. Biz raqib jamoalariga muammolar yarata olamiz, ammo darvozamiz oldida yuzaga keladigan holatlarni kamaytirishimiz kerak.
Natijadan hafaman. "Liverpul"da top-menejer bor va har qanday raqibga qarshi yuqori darajada harakat qiladi. Ammo o'yinning asosiy qismida biz yaxshiroq harakat qildik. Bizda ko'proq vaziyatlar bo'ldi. "Liverpul" o'zini yaxshi his qilmadi", - dedi Jerrard.
Fikrlar