Jerar Pike: "Mavsum oxirida yutqazgandan ko'ra, hozirgi mag'lubiyat yaxshiroq"
17 avg 2019 07:36
Yangiliklar


Jerar Pike: "Mavsum oxirida yutqazgandan ko'ra, hozirgi mag'lubiyat yaxshiroq"
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike La Liga 1-turida "Atletik Bilbao" klubiga imkoniyatni boy berib qo'ygandan so'ng o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
"Ushbu stadionda o'ynash har doim qiyin bo'lib kelgan. O'yin boshidan raqib kuchli bosim qildi va jismonan yaxshiroq edi. Ikkinchi bo'limda esa, ular biroz charchab qolishdi.
Oxir-oqibat shunday natija bo'ldi. Mavsum oxirida yutqazgandan ko'ra, hozirgi mag'lubiyat yaxshiroq. Mag'lubiyatga sabab sifatida mavsumoldi tayyorgarlik paytida kelib qo'shilgan yangi o'yinchilarni aytish mumkin. Bazida tayyor bo'lasan, lekin hammasi kutilganidek bo'lmaydi", - deydi Pike.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar