Jeparovdan termaga qaytishni so'rashdi, u esa qisqa va lo'nda javob qaytardi
12 sen 2019 00:35
Yangiliklar


Jeparovdan termaga qaytishni so'rashdi, u esa qisqa va lo'nda javob qaytardi
Bugun Toshkent shahridagi Humo Arenada xokkey bo'yicha VXL (Oliy xokkey ligasi) ning yangi mavsumiga start berildi.
Ilk uchrashuvni tomosha qilish uchun O'zbekiston MTJning sobiq azosi Server Jeparov ham tashrif buyurib, bu haqda instagram'dagi sahifasiga post joyladi. Rasm ostiga kuzatuvchilardan biri Serverga murojaat qilib, undan termaga qaytishni so'ragan. 36 yoshli yarim himoyachi esa foydalanuvchiga hozirgi terma jamoa azolari o'ynab ketishi uchun bosh murabbiy (Ektor Kuper) o'zgarishining o'zi kifoya qilishini aytgan.
Avvalroq, Server SPORT telekanaliga bergan intervyusida bosh jamoaga himoyaviy futbol mos kelmasligini aytib, o'yin uslubini butunlay o'zgartirish kerakligi haqida fikr bildirgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar