So’nggi yangiliklar

09:46Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди  0 09:18Юрген Клопп Германияда янги лига ташкил этиш устида ишламоқда  0 08:39Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  80 08:15Анталия–2026: "Локомотив"нинг назорат учрашувларидаги рақиблари маълум  0 07:51Бугун Суперлигага қуръа ташланади  8 02:20Ироқ. Темиров гол урган ўйинда "Арбил" дуранг ўйнади  1 01:02Футзал. Осиё чемпионати бошланди  0 00:58"Ювентус" Сенесини сотиб олмоқчи. Футболчига "Барселона" ва "Атлетико" ҳам даъвогар  0 00:34"Атлетико" Горетцканинг агентлари билан музокара ўтказмоқда  0 00:06Андре Онана собиқ жамоасига қайтиши мумкин  1 23:35Тэмми Абрахам расман АПЛга қайтди  6 23:05Моуринью: "Арбелоа энг севимли ўйинчиларимдан бири эди. Унга босим бегона"  5 22:35"Бунёдкор" назорат учрашувида Косово клубига мағлуб бўлди  1 22:27Эрон. "Трактор" ва "Истиқлол" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  1 21:41Эндрик: "Бу ҳали бошланиши"  0

Jeparov o'g'li bilan maxsus karantindan chiqdi Yangiliklar

Jeparov o'g'li bilan maxsus karantindan chiqdi

O'zbekiston U-14 termasi ustozi Server Jeparov farzandi Raul bilan 14 kunlik karantin muddatini o'tadi.

Bizga malum bo'lishicha, ular Rossiyaning Qozon shahridan O'zbekistonga qaytib kelgan va 2 hafta davomida maxsus izolyaciyalangan konteynerlarga joylashtirilgan. Jeparov karantindan chiqqani haqda Instagram'dagi sahifasi orqali xabar berdi.

“COVID-19. 14 kun maxsus jihozlangan konteynerlarda bo'ldik. Prezidentimiz Mirziyoev SHavkat Miromonovich o'z xalqiga g'amxo'rlik qilayotgani uchun tashakkur! Fikrimcha, konteynerlar karantinda yashash uchun zarur bo'lgan barcha narsalar bilan taminlangan.

4 kishi yashadik. Televizor, kondicioner, hojatxona, hammom (dush), issiq va sovuq suv, shahar telefoni, choynak qaynagan suvi bilan, suv qaynatishga maxsus choynak, piyola, gigiena vositalari, tish pastasi, cho'tkalar, niqoblar, qo'lqoplar, sovun, shampun, tozalikni saqlash uchun chelak va latta bor. Ovqat kuniga 3 mahal, kotletlar, tovuq, guruch, grechka, perlovka, makaronlar, palov, suv, salatlar, olmalar, mandarinlarning barchasi bir martalik idishlarga solingan, bu esa karantin qoidalariga rioya qilinayotganidan darak beradi. Desertga choy va shirin pechenelar, ertalabki nonushtaga esa yogurt, tuxum, bo'tqa (kasha), sariyog', pishloq, sosiskalar berildi.

Bizga xizmat ko'rsatgan xodimlar, test tahlillarini olgan shifokorlar, 14 kun davomida biz bilan bo'lib, kundalik muammolarimizni hal qilganlarga chin yurakdan minnatdorchilik bildirmoqchiman, bu ular tomonida ko'rsatilgan haqiqiy qahramonlikdir.

Biz buni uddalik, bu oson emas edi. SHaroitlar esa yashashimizni osonlashtirdi. Davlatimiz Prezidenti hamda uning jamoasiga yana bir bor tashakkur. Endi men va o'g'lim uy karantinida bo'lamiz. Keling, barchamiz birgalikda pandemiyaga qarshi kurashaylik, karantin talablariga amal qilgan holda COVID-19 virusini engishimiz mumkin”, deya sahifasida izoh qoldirgan Jeparov.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика