Jeparov 6 yillik tanaffusdan so'ng oliy ligada gol urdi
16 apr 2016 07:28
Yangiliklar


Jeparov 6 yillik tanaffusdan so'ng oliy ligada gol urdi
"Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Server Jeparov oliy liganing 5-turida "Mashal" darvozasiga penaltidan to'p kiritdi.
SHunday qilib, Jeparov 6 yillik tanaffusdan so'ng yana O'zbekiston chempionatida raqib darvozasiga to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. So'nggi bor 2010 yil 5 iyun sanasida "Bunyodkor" safida Toshkentda "Mashal"ga qarshi bahsda gol urgan Server oradan 6 yil o'tib yana aynan Muborak klubi bilan bahsda o'zini ko'rsatdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar