"Jenoa"da ushbu mavsumning o'zida uchinchi marta bosh murabbiy o'zgardi

Mirjalol Normatov
29 dek 2019, 15:57
Tiago Motta "Jenoa" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarildi.

Endi jamoani bunga qadar "Udineze", "Krotone", "Bari", "Livorno" va "Lumeccane" kabi jamoalarni boshqargan Davide Nikola boshqaradi.

Ushbu iste'fo klub uchun mavsumdagi uchinchisi bo'ldi. Motta 2019 yilning oktyabr oyidan buyon jamoani boshqarayotgandi. Ayni damda "Jenoa" 11 ochko bilan A Seriya turnir jadvalining so'nggi pog'onasida ketmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal