“Jenoa” SHomurodovning transfer summasini bo'lib to'lamoqchi
29 sen 2020 20:20
Yangiliklar


“Jenoa” SHomurodovning transfer summasini bo'lib to'lamoqchi
“Rostov” va “Jenoa” o'rtasida Eldor SHomurodovning transferi bo'yicha muzokaralar etmoqda.
"RB-Sport" xabariga ko'ra, A Seriya klubi futbolchi uchun 7,5 mln, shuningdek, bonus sifatida 1,5 mln evro taklif etgan. “Rostov” transfer to'lovidagi grafik sabab hozircha ijobiy javob bermadi, boisi genuyaliklar summani 2 yil ichida teng miqdorga bo'lib to'lamoqchi. “Rostov” esa boshqa hujumchi sotib olish uchun ilk to'lovning o'zida transfer summasining yarmini qo'lga kiritishni istamoqda.
Bitim amalga oshish ehtimoli esa hozircha – 50 ga 50.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar