So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

"Jenoa" Italiya chempioni bo'lar edi, agar... Yangiliklar

"Jenoa" Italiya chempioni bo'lar edi, agar...

Bugun "grifonlar" sotib yuborgan yulduz futbolchilardan tashkil topgan jamoani etiboringizga taqdim etamiz.

"Jenoa" — uzoq tarix va o'zgacha ananaga ega klub. U 125 yil avval, 1893 yil sentyabrda tashkil topgan. SHu sababli ham, u eng keksa Italiya jamoalaridan biri sanaladi. Ko'pchilikning yodida bo'lmasa kerak, ammo  "Jenoa" 9 marta Italiya chempioni bo'lgan. Genuyaliklar A Seriya tarixida mukofotlar soni bo'yicha 4-o'rinda turadi: "Yuventus" (34), "Milan" (18) va "Inter" (18). To'g'ri, "grifonlar" Italiya CHempionati mukofotini so'nggi bor 1924 yil qo'lga kiritgan edilar.

So'nggi vaqtlarda "Jenoa" yo elitada qolish uchun kurashadi, yoki turnir jadvalning o'rtamiyona jamoasi sifatida o'ynab yuraveradi. Klubning qandaydir jiddiy muvaffaqiyatlari yo'qligi hamda Evrokubokga chiqolmasligi sababli — homiy, bonus, qandaydir imtiyozlarga ega emas. "Grifonlar" faqatgina o'yinchilarni sotish orqali kun ko'radi. Oxirgi yillarda "Jenoa" bir qancha iqtidorli, ijobiy natijalar qayd etayotgan futbolchilarni sotib yubordi. Agar vaqtni ortga qaytarish imkoni bo'lib, o'sha o'yinchilar "grifonlar" safida bo'lganida, ehtimol "Jenoa" hozir top-jamoa sifatida "Napoli", "Roma", "Milan", "Inter" va hattoki, "Yuventus"ning jiddiy raqibi bo'la olarmidi?! Yoki siz fikrimizga qo'shilmaysizmi? Keling, unda "Jenoa" sotib yuborgan eng iqtidorli o'yinchilar bilan tanishib chiqamiz.

Mattia Perin


Perin "Jenoa"ga juda yosh payti "Pistoeze"dan o'tgan edi. U Genuyaga kelib nafaqat A Seriya, balki butun Evropa futbolidagi eng yaxshi darvozabonlaridan biri bo'ldi. Mattia "grifonlar" tarkibida barcha turnirning 151 uchrashuvida ishtirok etdi hamda 2013/14 yildan o'tgan yil yozgacha eng yaxshi darvozabon bo'ldi. 2018 yil iyulda Perin "Yuventus"ga o'tib ketdi, "Jenoa" esa o'yinchi uchun 12 millionga evroga ega bo'ldi.

Kristian Ansaldi

Argentinalik 2015 yil yozda "Jenoa" safiga qo'shilgan. O'shanda u "Zenit"dan Genuyaga ijarachi sifatida kelgan edi. Kristian bir yil ichida 25 uchrashuvida maydonga tushib, o'zini juda yaxshi namoyish eta oldi. Natijada "grifonlar" uni piterliklardan 4 million evro evaziga soti oldilar.

Ular o'yinchini Italiyaning boshqa bir klubiga yaxshiroq narx evaziga sotib yuborish maqsadida uni sotib olgan edilar. Oradan biroz vaqt o'tib shunday ham bo'ldi: "Inter" Ansaldini 10,5 million evroga xarid qildi. Ansaldi 2017 yil yozdan buyon ikki yillik ijarachi sifatida "Torino"da to'p tepmoqda.


Leonardo Bonuchchi

Zamonaviy Italiya futbolining eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri Leonardo Bonuchchi "Jenoa"ning birorta o'yinida ham maydonga tushmadi. Lekin 2009 yil yozida u Tiago Motta va Diego Militoning "Jenoa"dan "Inter"ga o'tishi "qurboni"ga aylanadi. Genuyaliklar bo'lajak yulduzning kelajashgini biroz past baholashgan ekan. O'sha paytda uni 10,5 million evroga "Bari" klubiga sotib yuborishgandi. 2010 yilda esa "Yuventus" Bonuchchi 15,5 million evroga xarid qildi. O'sha vaqtdan beri Leonardo turinliklarning tahminan 350 uchrashuvida maydonga tushdi.

Sokratis Papastatopulos

Aynan "Jenoa" Sokratisni birinchilardan bo'lib, Italiyaga olib kelgandi. Ular 2008 yil yozda shartnoma imzolashgandi. Genuyaliklar uni AEKdan 3,8 million evro evaziga sotib olishgan. Greciyalik futbolchi "grifonlar" tarkibida ikki mavsum davomida ajoyib o'yin ko'rsatdi. SHundan so'ng, Sokratis 2010 yil yozda 4,5 million evroga "Milan" safiga o'tdi. Biroq Italiya grand jamoasida doimiy o'rnashib olish unga nasib qilmadi va u "Verder"ga o'tib ketdi. Keyin esa Dortmundning "Borussiya"si tomon yo'l oldi. O'tgan yil yozdan beri u Angliyaning "Arsenal" klubi tarkibida o'ynab kelmoqda. Londonliklar Sokratisni 16 million evroga xarid qilishdi. 30 yoshli grek hozirda "kanonirlar"ning eng muhim o'yinchilaridan biri hisoblanadi.

SHime Vrsalko

Xorvatiyalik Vrsalko Zagrebning "Dinamo"sidan "Jenoa" klubiga 2013 yil iyulda o'tgan. Transfer summasi 4,9 million evroni tashkil qildi. SHime bir mavsum davomida A Seriyaning 22 o'yinda ishtirok etdi va "Sassuolo"ga 5,5 million evroga sotib yuborildi. Biroz vaqtdan so'ng, "qora-yashillar" xorvatiyalikni Madridning "Atletiko"si 16 million evroga sotishga muvaffaq bo'lishdi. Hozirgi kunda SHime ijarachi sifatida "Inter"da to'p tepmoqda. Afsuski, u jarohati tufayli mavsum yarmini o'tkazib yubordi.

Tomas Rinkon

2014 yil iyul oyida «Jenoa»ga kelgan Rinkon «grifon»lar safida ikki yarim mavsumni o'tkazadi. Bu vaqt ichida futbolchi 82 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol uradi va 12 bor golli uzatma etkazib beradi. 2017 yil yanvar oyida 8 million evro evaziga «Yuventus»ga sotib yuboriladi, lekin u erda ham futbolchi uzoq qolmaydi va asosiy tarkibga kira olmagach, yarim yildan so'ng "keksa sinora" tarkibini ham tark etadi. 2017 yil yozida «Torino»ga 3 million evroga ijaraga o'tadi va bir mavsumdan so'ng "buqalar" 6 million evroga uning transferini to'liq sotib olishadi.

Rolando Mandragora

Neapol farzandi Mandragora «Jenoa» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo asosiy jamoa tarkibida Rolando bor yo'g'i 5 o'yinda maydonga tushgan. 2015/16 yil mavsumida «Peskara»ga ijaraga o'tadi va qishda uni «Yuventus» 8 million evroga sotib oladi. Turinliklar safida Mandragora bor yo'g'i bitta o'yinda ishtirok etadi va bir yarim yil ijaradan-ijaraga o'tib yuradi. 

O'tgan yozda Mandragora 20 million evro evaziga «Udineze»ga o'tadi, hamda 21 yoshida jamoaning eng muhim yarim himoyachilaridan biriga aylana oldi. 2018 yil iyun oyida Italiya termasi safida Franciyaga qarshi uchrashuvda (1:3) debyut qiladi.

Stefan El-SHaaravi

«Jenoa» akademiyasi tarbiyalanuvchilaridan yana biri. El-SHaaravi italiya futbolida juda erta nom chiqaradi. 16 yoshidayoq futbolchini asosiy tarkibga chaqirila boshlashadi. Natijada unga «Milan» qiziqib qoladi va 15,5 million evro evaziga 2011 yil yozda uning transfer huquqini sotib oladi. «Grifon»lar safida El-SHaaravi bor yo'g'i 3 uchrashuv o'tkazib ulguradi, muxlislar esa uning iqtidori va chiroyli o'yinlarini genuyaliklar safida ko'rib ulgurishmadi. 2016 yozidan buyon El-SHaaravi «Roma» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Esekel Lavessi

Lavessi faoliyatidagi birinchi evropa klubi aynan «Jenoa» hisoblanadi. «Grifon»lar 2004 yil avgustida iqtidorli argentinalikni «Estudiantes»dan 1 million evro evaziga sotib olishadi, lekin darhol tajriba to'plash uchun «San-Lorenso»ga jo'natib yuborishadi. Qiziq tomoni shundaki, Lavessi «Jenoa» tarkibida maydonga tushib ulgurmagan. Ijara muddati tugagach u Italiyaga qaytadi, ammo moliyaviy muammolar va kelishilgan o'yinlar tufayli yuzaga kelgan bosh og'riq tufayli «Jenoa» futbolchini «San-Lorenso»ga 1,2 million evroga sotishga majbur bo'ladi. 2012 yil Esekel «Napoli»dan PSJga 30 millionga o'tgach, «Djenoa» muxlislarining yuragi bir jiz etgan bo'lsa, klub bosslari karmoni esa o'zgacha bir "sog'inch" tuyg'ularini tuygan bo'lsa ajabmas. Hozirda Lavessi Xitoyda «Xebey CHayna Forchun» safida to'p tepmoqda. Tomonlar shu mavsum so'nggigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekishgan.

CHiro Immobile

Oxirgi mavsumlarda CHiro Immobile A Seriyaning eng sermahsul va xavfli hujumchilaridan biri hisoblanadi. Lekin «Jenoa»da uning ishlari yurishmagandi, yoki unga o'z iqtidorini namoyish etish uchun zarur vaqt va imkon berishmagan. «Grifon»lar tarkibiga CHiro 2012 yil yozida kelib qo'shiladi, biroq bir yil o'tib, klub rahbariyati «Torino» taklifini qabul qiladi va Immobileni 2,75 million evroga sotib yuboradi.

2014 yil yozida Immobile 18 million evroga Dortmundning «Borussiya»siga o'tadi, 2016 yil yozidan esa «Lacio» sharafini himoya qilmoqda va klub muxlislarini o'zining yorqin o'yinlari bilan xushnud etmoqda.

Kshishtof Pentek

Polshalik Pentek – oxirgi yillarda «Jenoa» amalga oshirgan eng yaxshi transfer bo'lsa kerak. O'tgan yil yozda uni 4,5 million evro evaziga «Krakoviya»dan sotib olishdi va yarim yil o'tib, qishki transfer oynasi vaqtida «Milan»ga 35 millionga (!) sotib yuborishdi. Yomon biznes emas-a? Lekin shunga yarasha Pentek ham «rossoneri» safida ancha foydali harakat qilmoqda.

O'ylab qarasak, bu transfer borasida klub rahbariyatini tushunsa bo'ladi. Bunday taklifni «Jenoa» kabi jamoalar rad etishi mushkul vazifa. Sababi bu pullarni yangi iqtidorlarni qidirib topishga sarflasa, yoki klubning boshqa extiyojlariga sarflasa bo'ladi. Asosiysi – pul dardida "futbol konveyeri" bo'lib, sovrinlarni butkul unutib faqat moliyaviy foyda uchun futbol ichidagi "olib-sotar" darajasiga tushib qolmaslik.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика